O‘zbekiston | 08:43 / 12.04.2019
27018
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda dam olish kunlari qanday ob-havo kutilyapti?

Foto: KUN.UZ

Respublika Gidrometeorologiya markazi 13 - 16 aprel kunlari bo‘yicha ob-havo ma'lumotini e'lon qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 13 aprelda 23-28 daraja, 14-16 aprelda 20-25 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o‘zgarib turadi, 13-14 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 15-16 aprelda ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 13-14 aprelda 23-28 daraja issiq, 15-16 aprelda 17-22 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, 13-14 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 15-16 aprelda ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 13-14 aprelda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja issiq, 15-16 aprelda kechasi 12-17 daraja, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, 13-14 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 15-16 aprelda ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 13-14 aprelda kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq, 15-16 aprelda kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-15 aprelda 10-15 daraja, 16 aprelda 12-17 daraja iliq, kunduzi 13 aprelda 20-25 daraja, 14-15 aprelda 22-27 daraja issiq, 16 aprelda 17-22 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, 13-14 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 15-16 aprelda ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13 aprelda 2-7 daraja, 14-16 aprelda 5-10 daraja, kunduzi 13-14 aprelda 13-18 daraja, 15-16 aprelda 8-13 daraja iliq bo‘ladi.

Mavzuga oid