Özgidromet ma’lumotlariga köra, bahor faslining sönggi oyi bölgan may davomida respublika böylab asosan iliq ob-havo hukm surdi. Köpçilik kunlarda havo harorati 27–32 daraja atrofida böldi. Eng issiq kunlarda harorat 34–37 darajagaça kötarilgan bölsa, oy oxirida ayrim hududlarda 39 daraja qayd etildi. Respublika şimoli, janubi va çöl hududlarida havo harorati 40–41 darajagaça, Termiz atrofida esa 42 darajagaça yetdi.
Mutaxassislar ta’kidlaşiça, 2026 yil may oyi 2025 yil mayiga nisbatan ança yumşoq keçgan. U respublikaning aksariyat hududlari böyiça eng iliq may oylari uçligiga kirib, Özbekistondagi kuzatuvlar tarixidagi eng iliq may sifatida qayd etildi.
May oyi nafaqat issiqligi, balki yoğingarçilik miqdori bilan ham ajralib turdi. Ötgan yilgi ekstremal quruq maydan farqli ölaroq, bu yil hududning katta qismida yoğingarçilik me’yordan yuqori böldi. Kuçli jalalar deyarli barça hududlarda momaqaldiroq bilan kuzatilib, ayrim joylarda döl ham yoğdi.
Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlarining ayrim hududlarida bir keça-kunduzda yoqqan yoğingarçilik miqdori oylik me’yorning 100–150 foiziga teng böldi. Nukusda esa bir keça-kunduzda 40 millimetr yoğin yoğib, bu oylik me’yorning 348 foizini taşkil qildi.
Ayrim hududlarda may oyidagi bunday kuçli yomğirlar sönggi 50 yil içida birinçi marta kuzatildi. Angren, Ğuzor va Nukus meteostansiyalarida esa may oyida bir keça-kunduzda yoqqan yoğingarçilik böyiça tarixiy rekordlar yangilandi.
Kuçli yoğingarçiliklar oqibatida Toşkent, Samarqand, Jizzax, Navoiy, Qaşqadaryo, Surxondaryo, Farğona va Namangan viloyatlarining toğ oldi va toğli hududlarida bir neça bor sel va suv toşqinlari qayd etildi.
Umuman olganda, 2026 yil bahori respublika böyiça iliq keldi. Örtaça mavsumiy harorat köp yillik me’yordan 1–2 darajaga yuqori böldi. Qoraqalpoğistonda esa bu körsatkiç 2–2,5 darajagaça oşdi. Bahor fasli yoğingarçilik bilan ham ta’minlangan bölib, aksariyat hududlarda yoğin miqdori me’yor atrofida yoki undan yuqori kuzatildi.

















