Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Milliy axborot agentligi xabarlarni qozoq tilida ham taqdim etishni boshladi
O‘zbekistonda «Qozog‘iston yili» ning ochilishi munosabati bilan rasmiy axborot agentligi sahifalariga ilk bor qozoq tili ham qo‘shildi.
Endi veb-sayt O‘zbekiston va Qozog‘iston davlatlaridagi o‘zgarishlar va yangiliklar haqida tezkor va obektiv axborot uzatish imkonini beradi.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi muhim ijtimoiy-siyosiy voqealarni to‘laligicha yoritish, azaliy yaqinlikni targ‘ib qilish, do‘stlik, hamjihatlik rishtalarini yanada mustahkamlash bosh maqsadi hisoblanadi.
Ma'lumot uchun, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi axboroti 8 tilda — o‘zbek, rus, ingliz, fransuz, nemis, ispan, arab va xitoy tillarida tarqatiladi.