Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston Milliy axborot agentligi faoliyatini qöllab-quvvatlaş töğrisida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan Özbekiston Milliy axborot agentligi (ÖzA) töğrisida nizom tasdiqlandi.

Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

Qoraqalpoğiston axborot agentligi hamda ÖzAning viloyatlardagi mintaqaviy muxbirlik punktlari uçun 1tadan yengil avtotransport vositasi xarid qiliş uçun mablağ ajratadi;

Özbekiston Milliy axborot agentligiga 22ta, şu jumladan, 3ta şaxsiy biriktirilgan, 7ta navbatçi va 12ta mintaqaviy muxbirlik punktlariga biriktirilgan yengil avtotransport vositasini, Qoraqalpoğiston axborot agentligiga 1ta navbatçi xizmat yengil avtotransport vositasini saqlaş uçun limit ajratadi.

Nizomda aytilişiça, ÖzA mamlakatning içki va taşqi siyosatini, jamiyatda keçayotgan ijtimoiy-iqtisodiy özgarişlar va yangilanişlarni, amalga oşirilayotgan tub islohotlarning mohiyati, ahamiyati va samaralarini ommaviy axborot vositalarida xolis, izçil va Özbekiston Respublikasining milliy manfaatlari nuqtai nazaridan yoritadigan rasmiy davlat axborot agentligi hisoblanadi.

ÖzA öz faoliyati töğrisida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.

ÖzA yuridik şaxs hisoblanadi, Özbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tuşirilgan va öz nomi davlat tilida yozilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansga, Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Ğaznaçiligida şaxsiy ğazna hisob varaqlariga, bank hisob raqamlariga, şu jumladan, xorijiy valutadagi bank hisob raqamlariga ega böladi.

ÖzA tizimiga:

markaziy apparat;
Qoraqalpoğiston axborot agentligi;
ÖzAning viloyatlardagi mintaqaviy muxbirlik punktlari kiradi.

Quyidagilar ÖzAning asosiy vazifalari va faoliyat yönalişlari hisoblanadi:

yurtimizning ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid rasmiy ma'lumotlarni izlaş, oliş, qayta işlaş hamda axborot, axborot-tahliliy, tahliliy-tanqidiy materiallar tayyorlaş va tarqatiş;

Özbekiston Respublikasining qonunlari, Özbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, rasmiy bayonotlari va ma'ruzalarini, şuningdek, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va Hukumatining qarorlari va ularning faoliyatiga oid axborotlarni muntazam yoritib boriş;