Yöq, maqola kutganingizdek, sarlavhadan taxmin qilganingizdek, körinişidan, nomidan haqiqiy britan jamoasi bölmiş «Tottenhem»ning taniş uslub ustidan qanday ğolib çiqqani haqida emas.
Çorak final öyinlari oldidan köpçilik yarim finalda «Ayaks», «Barselona», «Liverpul» va yana Gvardiolaning «Mançester Siti»si bölişini kutişgandi va 70-yillar boşidan muvaffaqiyat qozona boşlagan «total futbol», yoki boşqaçaroq aytganda «tiki-taka»ning triumfi ölaroq qabul qilişgandi. Ammo «Tottenhem» barçasini buzib yuborgandek böldi.
Lekin agar çuqurroq qaralsa, «Tottenhem» ham bu «guruh»ga begona emas ekan, aksinça, bu jamoa golland futboliga tarixan ança yaqinroq ham. Poçettino jamoasi «Ayaks»ga öxşaşroq futbol körsatişida, şuningdek, londonliklar tarkibida tört nafar sobiq ayaksid öynaşida kattaroq sabablar bor ekan. Stanislav Minin özining telegramdagi «Dozvolennyye reçi» kanalida aynan şu haqida hikoya qiladi. Juda qiziq.
Çunki «Tottenhem» bilan ham bunday boğliqliklarni topiş mumkin. 1912 yilda Piter Makuillyam «Tottenhem» murabbiyi etib tayinlanadi. Köpçilikdan, jumladan, öşa paytdagi yetakçi ingliz murabbiylaridan farqli ravişda, Piter qisqa paslar bilan öynab, töpni nazorat qiliş muhimligini aytar, töpni tepib yuborib, orqasidan yuguriş samarasiz deb hisoblardi.
Makuillyam bunga Şotlandiyaning «Kuinz Park» klubida örgangandi. Hozir tasavvur qiliş qiyin, ammo rost, 19-20 asr oraliğida aynan şotlandiyaliklar pas bilan köproq öynaş haqida öylay boşlagan va öşa zamonlardan biroz ilgarilab ketgan ekanlar.
Makuillyam taşabbusi bilan Kent ligasida «Nortflit Yunayted» nomli jamoa tuziladi va u yerda «Tottenhem» uçun futbolçilar tarbiyalana boşlandi. Angliyadagi «La Masiya» deb ham tuşuniş mumkin. Bolalarga asosan töp bilan yaqin böliş örgatilardi.
Makuillyam 1927 yilda «Midlsbro»ga ketadi, 1938 yilda esa, yana «Tottenhem»ga qaytadi. Uning ğoyalari hamon öşa öşa edi. Uning jamoasida Artur Rouv (30-yillarning Busketsi yoki Gvardiolasi deyiş mumkin), Bill Nikolson, Vik Bekinhem kabi futbolçilar yetakçi edi. Rouv va Nikolson keyinçalik «Tottenhem»ga murabbiylik qilişdi va ustozlarining falsafasini davom ettirişdi. Bekinhem esa...
Vik Bekinhem «Nortflit» tarbiyalanuvçisi, murabbiy sifatida 1959 yilda «Vest Bromviç» bilan Angliya Kubogini yutadi. Va öşa yili Niderlandiyaga ketib, «Ayaks» boş murabbiyiga aylanadi. Bekinhem u yerda öziga mos futbolçilar bilan töqnaşadi – u yerda ham öz akademiyasi bor va bolalar pas bilan öynaşga yoşlikdan örgatilar edilar. «Ayaks» Vikning bir paytlar «Tottenhem»da örgatilgan ğoyalarini qabul qilişga tayyor edi.













