7 aprel kuni Yevropa maydonlarida bir qancha g‘aroyib futbol syujyetlari kuzatildi. Ularning ayrimlarini tarixiy deb atash ham mumkin. Quyida Yevropa futbolida ro‘y bergan asosiy voqealar, o‘yinlardagi gollar va turnir jadvallaridagi vaziyat.
Turkiyada syurrealistik final
Turkiya futboli aqldan ozishda davom etmoqda. Unda prezidentlar goh hakamlarni kaltaklaydi, muxlislar futbolchilarga hujum qiladi (va aksincha), funksionerlar jamoani maydondan olib ketadi — va bularning barchasi bir mavsumning o‘zida kuzatildi. Bu safargisi esa barchasidan o‘tib tushdi — «Fenerbahche» Turkiya Superkubok o‘yinini sabotaj qildi.
Bunaqasi faqat Turkiyada bo‘lishi mumkin. Mamlakat Superkubogi uchun «Galatasaroy» va «Fenerbahche» o‘rtasidagi o‘yin ikkinchi daqiqadayoq to‘xtatildi. Ikardi darvozani ishg‘ol etdi, keyin esa raqib futbolchilari maydonni tark eta boshladi. Natijada «Galatasaroy» sovringa ega chiqdi.
Gap shundaki, joriy mavsumda «Fenerbahche» Turkiya futboli rahbariyati bilan kurashmoqda. Bu mavzudagi eng yuqori cho‘qqi 17 mart kuni Superliga o‘yini doirasida «Trabzonspor» muxlislari o‘yin yakunida istanbulliklar jamoasi futbolchilariga hujum qilishi bo‘lgandi. O‘sha safar o‘yinida «Fener» iroda ko‘rsatib, 3:2 hisobidagi g‘alabaga erishgan va uni maydonda nishonlagandi. Bu esa «Trabzon» fanatlariga yoqmagan va ular raqib bayramini buzish uchun maydonga tushib kelishgandi. Gazonda xaos boshlangan: «Fenerbahche»ning ayrim futbolchilari muxlislar bilan mushtlashishiga to‘g‘ri kelgandi. Politsiyachilar fanatlarni to‘xtatishga ulgurmagadi.
Yakunda «Trabzonspor» jazolandi — olti o‘yinni tomoshabinlarsiz o‘tkazadigan bo‘ldi. «Fenerbahche»ni esa bu unchalik qiziqtirmaydi: ular oldindan federatsiyadan norozi bo‘lib kelayotgandi. Istanbulliklar rasmiylar ularga nisbatan tizimli adolatsizlik qilib kelmoqda deb hisoblaydi. Bu «Fener» o‘yinlarida adolatsiz hakamlik, klubga yomon munosabat, kelishilgan uchrashuvlarda ishtirok etish haqida. So‘nggi voqea esa kardinal harakatlarga undadi. «Fenerbahche» rahbariyati Turkiya Superligasini tark etib, boshqa chempionatda o‘ynash (la liga, A seriya, Fransiya, Belgiya yoki Niderlandiya chempionatlari) imkoniyatlarini ko‘rib chiqa boshladi. Aprel oyi boshida klub Turkiya Kubogida ishtirok etmasligini ma’lum qildi.
Superkubok o‘yini arafasida OAV «Fenerbahche» bu o‘yinni buzishni rejalashtirayotgani haqida xabar topdi. «Galatasaroy» bilan o‘yinga bizning jamoa U19 jamoasidagi to‘qqiz futbolchi bilan chiqadi. Keyin ulardan uch nafari qandaydir yo‘l bilan diskvalifikatsiya olishadi. Bu esa o‘yinni to‘xtatishga imkon beradi», — deya «Fenerbahche» direktorlar kengashi a’zosi Erol Bilejikning so‘zlarini keltirgan Ajansspor.























