Angliya: bir öyinda sakkiz gol

«Everton» – «Tottenhem» 2:2
Gollar: 0:1 – 4 Rişarlison, 1:1 – 30 Harrison, 1:2 – 41 Rişarlison, 2:2 – 90+4 Jarred Brentueyt.
«Everton» – Pikford, Yang (Şermiti, 80), Godfri (Koulmen, 75), Tarkovski, Brentueyt, Mikolenko, Guyye, Harrison, Garner, Kelvert-Lyuin (Betu, 85), Maknil (Dobbin, 85).
«Tottenhem» – Vikario, Porro, Romero, van de Ven, Udoji, Heyberg (Dreguşin, 89), Meddison (Hil, 86), Bentankur (Sarr, 64), Jonson (Kulusevski, 64), Verner (Skipp, 86), Rişarlison.
Ogohlantirişlar: Godfri (60), Garner (90), Dobbin (90).

«Tottenhem»ning bu mavsumdagi öyinlari translatsiyasini heç ikkilanmasdan «Köriş tavsiya etiladi» yozuvi bilan belgilaş mumkin. Natijasi qanday bölişidan qat’i nazar bu jamoaning öyinlari zerikarli bölmasligi aniq, sardor va yetakçi Son Xin Min Osiyo Kubogiga ketgani ham jamoa öyini tomoşabop bölişiga ta’sir körsatgani yöq. Koreyalik hujumçi yöqligida olib kelingan Verner tarkibga ideal darajada qöşilib ketdi, Meddison jarohatdan tuzalib safga qaytgani esa maydon markazini kuçaytirdi. Qöşimçasiga Rişarlison yuqori sport formasiga çiqqan va bu mavsumdagi gollari sonini öntaga yetkazib oldi.

Ayniqsa ikkinçi gol urilgan vaziyat katta taassurot qoldirdi, bu hujumda Meddison töpni braziliyalik şerigiga şunçalik aniqlik bilan yetkazib berdiki, unda gol urmasdan boşqa variant qolmagandi. Şu bilan birga, Rişarlison sobiq jamoasi bilan öyinda urgan gollari uçun mezbon muxlislardan uzr söradi, u öz vaqtida «Gudison Park»dagilarni APLni tark etişdan qutqarib qolgandi, ammo şanba kungi öyinda ham, birinçi davradagi öyinda ham uşbu jamoa muxlislarini ranjitdi.

Ammo «şporlar»ga ikki gol ham ğalaba uçun yetarli bölmadi, qöşib berilgan daqiqalarda «Everton» hisobni tenglaştirişga erişdi. «Irislar» «şporlar»ning pragmatik böla olmasligidan foydalandi. Hisobni saqlaş uçun öynay olmaydigan «Tottenhem» — bu mavsumda 90-daqiqadan keyin ötkazib yuborilgan gollar soni böyiça tengsiz (8).