Dundar Alpning “Şarqning eng buyuk hukmdori – Temur” romanini usmonli turkçadan Tohir Qahhor va Sobir Sayxon tarjimasida çop etilgan kitobi yuzasidan Xalqaro Çingiz Aytmatov akademiyasining akademigi, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi a'zosi Nurali Qobul ÖzA'ga quyidagilarni gapirib berdi:

Foto: ÖzA

– Bizning “Qirq yilda qozon yangi, ellik yilda el yangi, töqson yilda til yangi” degan ota sözimiz bor. “Şarqning eng buyuk hukmdori – Temur” asari 1902 yilda muallif tomonidan yaşirin holda yozilgan. Muallif öz nomini qöysa boşi ketardi, Usmonli turk sultonlari omon qoldirmasdi. Muallif Temurga bölgan katta muhabbati tufayli öziga Dundar Alp taxallusini tanlab yozgan, asl muallif kimligi haligaça noma'lum. Roman öşa davr Istanbul turkçasida yozilgan. Bir neça yillar avval Sobir Sayxon noyob kitob nusxasini eski kitob dökonidan topib olgan va Tohir Qahhor bilan birgalikda tarjima qilgan. Roman voqealari biroz reallikdan uzoqroq. Ammo biz uçun Temur haqidagi har qanday manba qadrli. Kitobni öqib çiqdim va tarixçi mutaxassis sifatida ayrim tarixiy haqiqatlardan çekiniş holatlarini uçratdim. Tarixiy-badiiy asarlarda 80-85 foiz holatlarda muallif töqimalar, mubolağalardan foydalanişi mumkin, lekin tarixiy haqiqatdan çekinmagan holda. Asarda ana şu qoidalarga amal qilinmagan örinlar bor. Misol uçun, Töxtamiş Temurdan olti yil keyin ölgan. Asarda Töxtamişning boşini kesib Temurga keltirişadi, bu bölmagan voqea. Qayta naşrda bu kamçiliklarni albatta töğrilaş kerak. Asar Temur şaxsini yaxşi bilgan mutaxassislar uçun qöşimça ma'lumotlar beradi, ammo oddiy öquvçini biroz çalğitişi mumkin.

Afsuski, biz temurşunoslikni temirçilikka aylantirib qöydik. Biz Temurdan Lenin yasamasligimiz kerak. Yöq narsani ham yopiştiraveriş Amir Temur obrösini tuşirib qöyadi, bor narsalarni haqiqatdan çekinmasdan yoziş kerak. Şu bois dunyoda birinçi bölib roman yozgan inson Servantes aytadi: “Qallob tarixçilarni soxta pul yasovçilardek qatl etiş kerak”. Ispaniya tarixida faqat soxta pul yasovçilargina ölimga hukm qilingan. Şu bois tarixni töğri yoziş kerak. Tarix buyurtma bilan, havas bilan yozilmaydi, tarix tarixligiça yoziladi. Temur haqida qon bilan, iymon bilan yoziladi. Öz tarixidan yuz ögirgan qavm va millatlar nomard hisoblanadi. Agar biz tarixiy haqiqatni buzsak ota-bobolarimizning nomiga çiziq tortgan bölamiz, deydi Nurali Qobul.

Ma'lumot uçun: Nurali Qobul 1950 yil 2 yanvarda Jizzax viloyatining Baxmal tumanidagi Ösmat qişloğida tuğilgan. Farğona Davlat universitetini tarix fakultetini tamomlagan (1974). «Oyqor» (1978), «Salom toğlar» (1979), «Odam, Oyqortoğ va Daydi şamol hakida ertak» (1980), «Tubsiz osmon» (1981), «Kaptarlar qaytmagan tun» (1984), «Yaşaş uçun keçikma» (1985), «Unutilgan sohillar» (1988), «Oq kaptarlar» (1990), «Buğdoy pişiğiga yetmaganlar» (1992), «Sen vatansan, muhabbat» (1994), «Vatandan yaxşi yor ölmas» (1995) va boşqa asarlari naşr etilgan. G. Markesning «Tanholikning yuz yili» romanini, Ç. Aytmatovning «Bolaligim» asarini özbek tiliga tarjima qilgan.