Omonulla Solihov Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori lavozimida 2022 yildan beri Abbosjon Mirzorahimov faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Shuningdek, madaniyat vaziri maslahatchisi Shavkat Ortiqov O‘zbekistonning Xalqaro turkiy madaniyat tashkilotidagi (TURKSOY) vakili lavozimiga tayinlangan.
Madaniyat vazirligining Teatr, sirk va kinematografiya san’atini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimiga esa Shohruxmirzo Qodirov tayinlangan.








