Jamiyat | 11:41 / 26.04.2019
15314
1 daqiqa o‘qiladi

Tanishining Malibu-2 avtomashinasini sotib yuborgan shaxs ushlandi

Illyustrativ foto

2019 yil 18 aprel kuni Toshkent shahrining Sergeli tuman IIBga hujjatlar tushgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

Unda shu yil 9 mart kuni Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi 29 yoshli N.J. Sergeli 6-dahada joylashgan xalq tilidagi avtomashinalar bozori hududida tanishi, Olmazor tumanida yashovchi 34 yoshli A.H.ga tegishli bo‘lgan “Malibu-2” rusumli avtomashinani 56 500 AQSh dollariga sotib olishlikni kelishib, oldindan pulning 3 900 AQSh dollarini berib, qolgan pulni oyma-oy to‘lashni va'da qilib, avtomashinani olib ketib, pulning qolgan qismini bermasdan ushbu avtomashinani Uchtepa tumanida yashovchi 33 yoshli A.Yu.ga 25 900 AQSh dollariga sotib yuborib, pullarni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborganligi ko‘rsatilgan.

N.J. ushlangan. Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid