Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliya hukumati ikki millionga yaqin yovvoyi mushukni yo‘q qilishga qaror qildi
Foto: Pixabay
Avstraliyada 2020 yilga kelib 2 million yovvoyi mushukni yo‘q qilish rejalashtirilgan, deya xabar qilinadi mamlakat hukumati saytida. Umuman olganda, mamlakatda ikki milliondan olti milliongacha yovvoyi mushuk bor.
Bunday choralar endemik hayvonlarning ayrim turlari yo‘q bo‘lib ketish xavfiga qarshi kurashishga qaratilgan (faqat Avstraliya qit'asida yashaydiganlari). Taxminlarga ko‘ra, har kuni Avstraliyada yovvoyi mushuklar 1 milliondan ortiq qush va 1,7 million sudralib yuruvchini o‘ldiradi, deya aniqlik kiritdi mamlakatning Atrof-muhit va energetika vazirligi vakili ilmiy tadqiqotlarga tayangan holda.
Avstraliyaning Kvinslend shtatida yovvoyi mushuk skalpi (sochlari bilan shilinib olingan bosh terisi) uchun 10 dollar miqdorida pul taklif qilinadi. PETA hayvonlarni himoya qilish tashkiloti bu amaliyotni shafqatsiz, deb atadi. Ekolog Tom Doerti fikricha, mamlakat bo‘ylab yovvoyi mushuklarning haqiqiy populyatsiyasini aniqlashning ishonchli usuli yo‘q. Shuningdek, u yovvoyi mushuklarni qirg‘in qilish qushlar va sutemizuvchilarni himoya qilishda yordam berishiga shubha bildirdi.
Mavzuga oid
10:29 / 05.02.2026
Germaniya Avstraliya bilan nodir yer metallari bo‘yicha hamkorlikni kengaytiradi
22:14 / 25.01.2026
Avstraliyada kengurular velopoyganing “beliga tepishdi”
18:50 / 20.01.2026
Avstraliyada akulalar hujumidan keyin o‘nlab plyaj yopildi
18:18 / 13.01.2026