Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Times: Britaniya hukumati Rossiya va Xitoyga qarshi turish uchun choralar ishlab chiqmoqda
Foto: REUTERS/Toby Melville
Buyuk Britaniya hukumati dushman davlatlarga qarshi turish uchun "yangi sovuq urush" ruhida choralar paketini ishlab chiqmoqda. Bu haqda The Sunday Times gazetasi xabar qildi.
Nashrning ma'lumot berishicha, Britaniya vazirlar mahkamasi a'zolari lordlar palatasi faoliyati qoidalarini o‘zgartirishmoqchi. Unga ko‘ra, palata a'zolari Rossiya va Xitoy bilan bog‘liq aktivlarini to‘laligicha ma'lum qilishlari lozim bo‘ladi. Shuningdek, Buyuk Britaniya banklari va kompaniyalarida ishlaydigan xorijlik josuslarni aniqlash maqsadida josuslik to‘g‘risidagi qonunni joriy etish rejalashtirilmoqda.
Gazetaning manbalari ma'lumot berishicha, Buyuk Britaniyada sovuq urush avjiga chiqqan davrdagidan ham ko‘proq xorij razvedkasi xodimlari faoliyat yuritmoqda.
Tayyorlanayotgan choralar orasida agarda XXR razvedkasiga ishlayotgani aniqlansa, Huawei korporatsiyasi xodimlarini mamlakatdan chiqarib yuborish ham bor.
Mavzuga oid
12:03 / 23.04.2026
Erdo‘g‘an Rossiya va Ukraina muzokaralarini qayta boshlashga bel bog‘ladi
23:38 / 22.04.2026
Germaniya harbiy strategiyani qabul qildi va Rossiyani asosiy tahdid deb atadi
23:06 / 22.04.2026
Pavel Durovning Rossiyadagi kvartirasiga tergovga chaqiruv qog‘ozi keldi
22:15 / 22.04.2026