Deputat fikri: Yaşirin iqtisodiyotning kelib çiqiş sabablari, jamiyatga ta'siri va bartaraf etiş yöllari
|20:36 / 04.05.201921 52810 min
Foto: ShutterstockFoto: Shutterstock
Mamlakatimizda tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş borasida muayyan işlar olib borilmoqda. Bu borada Prezident tomonidan farmon, qarorlar imzolanib, qonunlar qabul qilinmoqda. Eng quvonarlisi, tadbirkorlar erişgan öz sarmoyalari orqali oila budjetini, qolaversa, mamlakatimiz taraqqiyotini rivojlantirişga munosib hissa qöşayotgani e'tirofga loyiqdir. Ammo beş qöl barobar emas deganlaridek, hamma joyda ham mutasaddilar islohotlarni tölaqonli amaliyotga joriy etmoqda yoki barça tadbirkorlar ham yaratilayotgan imkoniyatlarni suiiste'mol qilmasdan qonuniy ravişda işlamoqda deb ayta olmaymiz. Bu esa öz-özidan mamlakatimizda yaşirin iqtisodiyotning uluşi ortişiga va davlatimiz iqtisodiyotini ösişiga salbiy ta'sir qilayotgani açinarli holdir.
Yaşirin iqtisodiyotning özi nima?
Yaşirin iqtisodiyot bu iqtisodiy faoliyatni jamiyatdan yaşiriş va davlat tomonidan nazorat hamda hisoboti yuritilişi olib borilmasligini, şu bilan birga iqtisodiyotning kuzatib bölmas va norasmiy qismidir.
Oddiy qilib aytadigan bölsak, yaşirin iqtisodiyot mavjud qonun va jamiyat qoidalarini çetlab ötuvçi jamiyatdagi fuqarolarning iqtisodiy aloqalari desak ham böladi.
Xöş, yaşirin iqtisodiyot qayerdan paydo böladi va qaçon rivojlanadi?
U avvalo, jamiyatda iqtisodiy faoliyatni keng jamoatçilikdan yaşiriş uçun qulay bölgan taqdirda va bunga şaroit mavjudligida paydo böladi.
Yaşirin iqtisodiyotning rivojlanişiga quyidagilar sabab böladi:
soliqlarning oşirilişi;
turli xil litsenziya, sertifikat va ruxsatnomalar olinişida közda tutilmagan xarajatlarning mavjudligi;
xomaşyo mahsulotlari yetkazib berilişida tegişli hujjatlarni rasmiylaştirişdagi qiyinçiliklar.
Yaşirin iqtisodiyotda valuta qora bozorining örni juda katta hisoblanadi. Bizning mamlakatda ham eng yirik naqd pul aylanmalari xorijiy valuta bölmiş AQŞ dollarida amalga oşiriladi (noqonuniy yirik bitimlar, uy-joy, avtomobil oldi-sotdisi va boşqa köplab tovarlar oldi-sotdisi yiğindisi).
Bankdan taşqari aylanayotgan uşbu xorijiy valutaning milliy valutamiz sömga nisbatan yetkazayotgan bevosita zarari oxir-oqibat sömimizning qadrsizlanişiga özining bilvosita ta'sirini körsatmoqda. Aksariyat mahsulotlarning çetdan naqd pulga sotib olib keltirilişi yoki xufyona bitimlar tufayli mahsulotlarning mamlakatimizga olib kirib sotilişi köp jihatdan soliqdan yaşirgan holda foyda körib işlayotgan tadbirkorlar va ularni qöllab-quvvatlab turgan boşqa şaxslarga qöl kelmoqda.
Mavzuga oid
Asosiysi, öz tadbirkorligi yoki işlab çiqarilayotgan mahsulotlarning realizatsiya qilinişiga, raqobatbardoş mahsulotlarning işlab çiqilişiga misli körilmagan darajada ziyon yetadi.
Oddiy tuşuntiradigan bölsak, masalan tekstil fabrikasida tayyor holda işlab çiqarilayotgan mahsulotlarning tannarxi xufyona işlab çiqarilgan mahsulotnikidan yuqori bölişi tabiiy, sababi, fabrika xodimlarga iş haqi, işlab çiqarişdagi asosiy vositalar amortizatsiyasi va şunga öxşaş xarajatlarni qoplaşi zarur. Bular esa mahsulot tannarxida öz aksini topadi.
Yaşirin sexda işlab çiqarilgan mahsulotning tannarxida bu xarajatlar yöqligi sababli, bozorda fabrika mahsulotining sotilişida qiyinçiliklar olib keladi.
Yaşirin iqtisodiyotning ijobiy xususiyati
Rivojlangan davlatlarda yaşirin iqtisodiyotning ijobiy taraflari ham kuzatilgan. Masalan, Yevropa mamlakatlarida turğunlik, krizis paytida iş örinlari qisqargan şaroitda xodimlar norasmiy sektorlarda vaqtinça işlab turganlar. Bu esa uşbu işsiz qolgan xodimlarni oç qoliş va qiyinçiliklarga duç kelişdan saqlab qolgan.
Şuning uçun ham ayrim rivojlangan davlatlarda yillik yalpi içki mahsulotning 14-15 foizi miqdorida yaşirin iqtisod optimal hajm deb hisoblanadi.
Özbekiston iqtisodiyotida yaşirin iqtisodiyotning uluşi qança?
Yaşirin iqtisodiyot hali heç bir mamlakatda yuz foiz yöq qilinmagan. Ayrim ekspertlarning fikriça, Özbekistonda yaşirin iqtisodiyotning YaIMdagi hajmi 50 foiz atrofida.
Agarda raqamlarga murojaat etadigan bölsak, 2019 yilda respublikamizda Davlat budjeti daromadlar qismi 102,6 trln sömni taşkil qilmoqda. Yalpi içki mahsulot qiymati 424 trln söm qilib belgilandi. Şunda ekspertlar fikriga köra, yaşirin iqtisodiyotning 50 foiz uluşi 212 trln.sömni taşkil etmoqda. Uşbu summadan yaşirin iqtisodiyotning optimal hajmi 15% (424*15%=64)ni çiqarib taşlanganda, 148 trln söm (212-64) mablağ iqtisodiyotdan taşqarida aylanayotgani ma'lum böladi. Agarda biz uşbu mablağning belgilangan tartibda qonuniy aylanmasiga erişa olsak, Davlat budjetiga soliqlar tölanişi natijasida qöşimça örtaça 15-20 trln.söm (2,3 mlrd AQŞ dollariga teng) mablağ tuşirilişi mumkin.
Bugungi kunda bitta umumta'lim maktabini yangitdan quriş uçun örtaça 5 mlrd söm mablağ sarflanadi. Demak, bir yillik yaşirin iqtisodiyot keltirayotgan zararga teng mablağni 4 mingga yaqin umumta'lim maktablari quriş yoki aholi turmuş şaroitlarini yanada yaxşilaş uçun yönaltiriş imkoni paydo böladi.
Şuningdek, yaşirin iqtisodiyotning jamiyatdagi ta'siri bu avvalambor jamiyatning daromadlari qayta taqsimlanişida kamçilik guruhlari (yaşirin tadbirkor va işbilarmonlar) köpçilikka nisbatan ortiqça taqsimlanişi natijasida aholining öziga töq va kam ta'minlangan qatlami örtasidagi tafovutning oşişiga olib keladi.
Yaşirin iqtisodiyotni bartaraf etiş yöllari
Bu masalada rivojlangan davlatlarning bosib ötgan yöllari çuqur tahlil qilinib, özimizga mos bölgan yönalişlarga tayanib, bosqiçma-bosqiç amalga oşiriş lozim deb öylayman.
Köplab rivojlangan mamlakatlarda yaşirin iqtisodiyotning uluşi va ta'sirini minimal darajada kamaytirişga erişilgan. Bu esa oddiy aholi turmuş darajasi yuqori darajada bölişiga zamin yaratgan.
Avvalo, yaşirin iqtisodiyot bilan şuğullanadigan tadbirkorlarni asta-sekinlik bilan qonuniy belgilangan tartibda işlaşga örgatişimiz lozim böladi.
Tadbirkorlik faoliyati bilan noqonuniy şuğullangan va öz daromadlarini yaşirgan barça tadbirkorlik sub'yektlariga amnistiya qöllaş, ya'ni belgilangan amnistiya muddati içida tadbirkorlar öz daromadlarini heç qanday tösiqsiz va ortiqça tekşiruvlarsiz qayd etib, legallaştirişlari hamda faoliyatlarini davom ettirişlari uçun qonuniy çoralar köriş maqsadga muvofiq.
Özbekistonda valuta qora bozorini yöq qiliş uçun noqonuniy valuta qora bozorlarini qonuniylaştirgan holda belgilangan intervallar doirasida bozor narxlarida savdo qiluvçi valuta ayirboşlaş şoxobçalarini taşkil qiliş darkor. Naqd xorijiy valutani bemalol rasmiy soliq tölab faoliyat yuritadigan xususiy şoxobçalarda almaştiriş imkonini beriş kerak. Şundan söng yaşirin savdo qilayotgan valuta sotuvçilarni qattiq jazolaş lozim.
Davlat tomonidan naqd pulsiz savdo qilayotgan tadbirkorlarga imtiyoz preferensiyalar beriş orqali qöllab-quvvatlaş mamlakatimiz iqtisodiyoti barqarorligini yanada ta'minlaşda muhim ahamiyat kasb etadi.
Masalan, rivojlangan davlatlarda bugungi kunga kelib naqd pul muomalasi maksimal darajada qisqartirilgan, barça pul aylanişi bank orqali amalga oşirilişi davlat iqtisodiyotining rivojlanişiga olib kelişi heç kimga sir emas.
Yaşirin iqtisodiyotga qarşi kuraşişning huquqiy asoslari
Mamlakatimizda keyingi ikki yil davomida yaşirin iqtisodiyotning ta'sirini kamaytiriş böyiça bir qança işlar olib borildi, masalan 2017 yilda “Korrupsiyaga qarşi kuraşiş töğrisida”gi, 2018 yilda esa “Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Korrupsiyaga qarşi konvensiyasiga Özbekiston Respublikasining qöşilişi töğrisida”gi qonunlar qabul qilindi.
Şuningdek, korrupsiyaga qarşi samarali kuraşiş maqsadida joriy yilda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisida Korrupsiyaga qarşi kuraş va sud huquq masalalari qömitasi taşkil etildi. Uning asosiy vazifalaridan biri barça qonun va qonunosti hujjatlarida korrupsiya alomatlari mavjud bölgan normalarni aniqlaş va bartaraf etişdir.
2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini beşta ustuvor yönaliş böyiça Strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlaniş yili”da amalga oşirişga oid Davlat dasturida xam “yaşirin iqtisodiyot”ning omillarini sohalar va tarmoqlar kesimida tahlil qilib, uni kamaytiriş yuzasidan çora-tadbirlar dasturini tasdiqlaş közda tutilgan. Unda:
iqtisodiy faoliyatni legallaştiriş yuzasidan qöşimça çoralarni aniqlaş;
soliq yukini kamaytiriş va soliq ma'murçiligini takomillaştiriş;
import qilingan tovarlarning hisobotlarini elektron tarzda şakllanişini ta'minlaş;
ayrim tovarlar uçun identifikatsiya markirovka qilişning yagona tizimini joriy etiş va soliq organlari tomonidan mahsulotni hisobga olişning elektron bazasini yaratiş;
elektron tijorat faoliyatini qonuniylaştiriş va nazorat qiliş mexanizmini joriy etiş;
köçmas mulk obektlari va avtotransport vositalari oldi-sotdisi va boşqa yirik miqdordagi bitimlar böyiça hisob-kitoblarni bank orqali amalga oşiriş uçun qulay şaroit yaratiş;
tadbirkorlar faoliyatiga davlat idoralari tomonidan noqonuniy aralaşuvlar faktlariga qat'iy yöl qöymaslik;
davlat organlari işida şaffoflik va oçiqlikni ta'minlaş borasida bajarilişi lozim bölgan işlar mujassamlaşgan.
Şuningdek, valuta bozorini yanada erkinlaştiriş, ya'ni valuta ayirboşlaşdagi va sotişdagi asossiz çeklovlarni bartaraf etiş, jumladan jismoniy şaxslarga naqd valutani sotiş, investitsiya olib kirgan şaxslar uçun valuta repatriatsiyasini töliq joriy etiş va valuta ayirboşlaşni qonuniylaştiriş kabi çoralarni köriş nazarda tutilmoqda.
Şu bilan birga “Raqamli Özbekiston-2030” “yöl xaritasi” tasdiqlanişi nazarda tutilgan. Unda davlat xizmatlarini körsatiş, davlat boşqaruvi, iqtisodiyotning barça tarmoqlari, xizmat körsatiş sohalarida raqamli transformatsiya qiliş közda tutiladi. Biznes xarajatlari va ma'muriy yuklamani kamaytiriş maqsadida ma'muriy tartib-taomillarni raqamlaştiriş, barça ma'muriy tartib-taomillarni xatlovdan ötkazib, yagona hujjatda jamlaş hamda alohida qabul qilingan reglament va qarorlarni bekor qiliş közda tutiladi.
Maqsud Qurbonboyev,
Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi Özbekiston “Adolat” SDP fraksiya a'zosi,
Budjet va iqtisodiy islohotlar qömitasi raisi örinbosari