Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand tumanida quvurdan sizib chiqqan gazdan portlash sodir bo‘ldi
Joriy yil 30 aprel kuni soat 18.00larda Samarqand tumani Juysoy mahallasida yashovchi A.Sh.ning uyida yollanib ishlayotgan, Samarqand shahar M.Odilov ko‘chasida yashovchi F.S. hovlidagi hojatxonaga kirib, elektr chirog‘ini yoqqan vaqtida hojatxonadan o‘tgan gaz quvuridan sizib chiqib to‘planib qolgan gaz va havo aralashmasidan chaqnash sodir bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada F.S. va sherigi Urgut tumani Beshkapa qishlog‘ida yashovchi B.E. kuyish jarohatlari olib kasalxonaga yotqizilganlar hamda shu mahallada yashovchi D.M. va Samarqand tumani Badal mahallasida yashovchi G‘.J.larga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Hurmatli fuqarolar, agar hovlingizdan gaz quvuri o‘tgan bo‘lsa, xavfsizlik choralarini ko‘rishingizni so‘raymiz”, - deyiladi IIV xabarida.
Mavzuga oid
07:23 / 05.05.2026
Prezident Samarqanddagi OTB yig‘ilishida muhim tashabbuslarni ilgari surdi
17:45 / 30.04.2026
Forma ortidagi sxema: Samarqandda leytenant million dollarlik ishda gumonlanmoqda
15:48 / 30.04.2026
50 dollarlik ofis va minglab mijoz: tasodifiy buyurtmani katta biznesga aylantirgan samarqandlik tadbirkor hikoyasi
15:10 / 30.04.2026