Bosh prokuratura tuzilmasida yangi boshqarma tashkil etildi
Bosh prokuratura tuzilmasida Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimini rivojlantirish sohasida qonunchilik ustidan nazorat boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentda “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi resurslaridan foydalanish sohasida iqtisodiy huquqbuzarliklarga qarshi kurashish bo‘limi” tashkil etildi.
Mahkama matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i lavozimiga Xolmatov Bahriddin O‘ktam o‘g‘li, Departament bo‘limi boshlig‘i lavozimiga Orziyev Parviz Zavqiddinovich tayinlandi.
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida baliqchilik tarmog‘ini jadal rivojlantirish, ichki va tashqi investitsiyalarni jalb qilish, turizm infratuzilmasini rivojlantirish, suv resurslaridan, o‘simlik va hayvonot dunyosidan oqilona foydalanish hamda muhofaza qilish hamda noqonuniy bino va inshootlarni qonuniylashtirish, atrof-muhitini yaxshilash ustidan nazorat olib borish Bosh prokuratura boshqarmasining asosiy vazifalari hisoblanadi.
Shuningdek, Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida nazoratning samarali boshqaruvini amalga oshirish imkonini beruvchi Bosh prokuratura boshqarmasining situatsion-tahlil punktlari tashkil etildi.
Hozirda boshqarma tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.04.2019 yildagi “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimining biologik resurslaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 347-sonli qaroridan kelib chiqib, tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida biologik resurslardan foydalanish, biologik xilma-xilligini saqlash, investitsiyalarni keng jalb qilish, turizmni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida kompleks chora-tadbirlar Dasturi ishlab chiqilmoqda.
Mavzuga oid
16:29 / 28.09.2023
Aydar – Arnasoy ko‘llar tizimida suv hajmi 36 km kubgacha kamaygan
19:35 / 21.07.2022
Quriyotgan Aydarko‘l – O‘zbekistonda Orol qismati takrorlanishi mumkin
07:31 / 01.04.2022
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi ekologiyasi muntazam ravishda nazorat qilib boriladi
07:55 / 26.02.2022