Joriy yilning 2 yanvar kuni IIV huzuridagi Qöriqlaş departamentining Aydar–Arnasoy köllar tizimini muhofaza qiliş boşqarmasi xodimlari kölning nazorat hududida tungi vaqtda harakatlanayotgan “Lasetti” rusumli transport vositasini töxtatib közdan keçirgan. Tekşiruv davomida avtomobil yukxonasidan köldan noqonuniy ravişda tutilgan jami 344 dona 4 xil turdagi baliq mahsulotlari borligi aniqlangan.

Şu kuni boşqarma xodimlari tomonidan köl hududida qayiq va tör yordamida baliq mahsulotlarini noqonuniy ravişda ovlayotgan 2 nafar fuqaro ham qölga olingan. Dastlabki örganişlar jarayonida ularning oldida 40 dona sudak turidagi baliq mahsuloti borligi ma’lum bölgan.

Hozirda holatlar böyiça tegişli hujjatlar rasmiylaştirilib, körib çiqiş uçun sud organlariga yuboriş çoralari körilmoqda. Ma’lumot uçun, ovlangan baliq mahsulotlari hududga xizmat körsatuvçi MÇJga topşirilgan.

Noqonuniy baliq ovlaş natijasida tabiatga keltirilgan taxminiy zarar 387 mln sömni taşkil qiladi.