🔥🔥🔥
— Football Club Rostov (@rostovfc) May 5, 2019
V etix shapkax vy budete neuderjimy, a vasha golova budet vas vyruchat v otvetstvennyye momenty! pic.twitter.com/7cK52EGlJH
14-raqam egasi o‘yindan keyin natijadan qoniqmaganini ta'kidladi.
«Natijadan unchalik ham qoniqmadim. Bugun stadionga juda ko‘p (34044 nafar – Tribuna.uz) muxlis keldi. O‘z uyimizda g‘alaba qozonishimiz kerak edi. Har qanday jamoada, shu jumladan «Rostov»da ham o‘yinida pasayish bo‘ladigan vaqtlar kuzatiladi. Keyingi o‘yinlarda ancha yaxshiroq o‘ynaymiz, deb o‘ylayman.
«Rostov»da hamon yevrokuboklar uchun imkoniyat saqlanib turibdi. Chempionat orqali yo‘llanma olish imkonimiz bor. Qolaversa, Rossiya Kubogida g‘olib chiqishimiz ham mumkin», – degan hujumchining so‘zlarini keltirmoqda «Chempionat.com».
23 yoshli Shomurodov RPLning bu mavsumida 23ta o‘yin o‘tkazib, ularning 8tasida asosiy tarkibda maydonga tushdi hamda 3ta gol va 1ta golli uzatmaga muallif bo‘ldi. Chempionat yakunlanishiga 3ta tur qolganda «Rostov» 37 ochko bilan 7-o‘rinni egallab turibdi, Valeriy Karpin shogirdlarida YeChL yo‘llanmasi uchun imkoniyat saqlanib qolmoqda.
«Krasnodar» esa 3-o‘rinda, jamoani ikkinchi pog‘onadagi «Lokomotiv»dan ikki ochko ajratib turibdi. «Temiryo‘lchilar» bu turda «Arsenal» mehmoni bo‘lib, 0:2 hisobida yutqazdi, natijada bundan biroz avvalroq safarda «Axmat» bilan durang o‘ynagan (1:1) «Zenit» chempionga aylandi.
Rossiya chempionati, 27-tur
Rostov – Krasnodar 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 25, penalti Klasson, 1:1 – 89 Shomurodov.
Rostov – Pesyakov, Gatskan, Xadjikadunich, Novoselsev, Normann, Parshivlyuk, Chernov, Yeremenko, Glebov (Kalachev, 68), Popov (Sigurdarson, 90), Ionov (Shomurodov, 67).
Krasnodar – Safonov, Petrov, Martynovich, Spayich, Ramires, Gazinskiy, Foluson, Pereyra (Olsson, 83), Vanderson (Suleymanov, 71), Ignatev (Ari, 66), Klasson.
Ogohlantirishlar: Novoselsev (24), Glebov (67), Gazinskiy (72), Xadjikadunich (85), Parshivlyuk (90).