O‘zbekiston | 12:55 / 10.05.2019
11021
2 daqiqa o‘qiladi

Bojxona rasmiylashtiruvi uchun qaysi postda qancha vaqt sarflanmoqda? Aprel oyi natijalari

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Davlat bojxona qo‘mitasi tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari tomonidan tovar va transport vositalarining eksporti va importida bojxona rasmiylashtiruvi uchun sarflangan o‘rtacha vaqti haqida bojxona postlari kesimida 2019 yil aprel oyi yakunlari bo‘yicha ma'lumotlar taqdim etdi.

Eksport

2019 yil aprel oyi yakunlariga ko‘ra, tovarlarni "eksport" bojxona rejimiga rasmiylashtirish uchun sarflangan vaqt bo‘yicha respublikamizdagi 53 ta tashqi iqtisodiy faoliyat (TIF) bojxona postlari orasida Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi “Samarqand” TIF bojxona posti yetakchilik qilmoqda. Bu yerda eksport bojxona yuk deklaratsiyalarini rasmiylashtirish uchun o‘rtacha 17 daqiqa 47 soniya sarflangan.

Undan keyingi o‘rinlarni 25 daqiqa 24 soniya bilan Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Qarshi tola” TIF bojxona posti hamda 26 daqiqa 5 soniya bilan ushbu boshqarmaning “Talimarjon” TIF bojxona posti egalladi.

Import

2019 yil aprel oyi yakunlariga ko‘ra, tovarlarni import bojxona rejimiga rasmiylashtirish uchun sarflangan vaqt bo‘yicha respublikamizdagi 52 ta tashqi iqtisodiy faoliyat (TIF) bojxona postlari orasida Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Bekobod” TIF bojxona posti yetakchilik qilmoqda. Bu yerda import bojxona yuk deklaratsiyalarini rasmiylashtirish uchun o‘rtacha 50 daqiqa 24 soniya sarflangan.

Undan keyingi o‘rinlarni 1 soat 15 daqiqa 3 soniya bilan Navoiy viloyati bojxona boshqarmasining “Navoiy industrial” TIF bojxona posti hamda 1 soat 21 daqiqa 45 soniya bilan Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining “Qorovulbozor” TIF bojxona posti egalladi.

To‘liq ro‘yxat bilan ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.

Mavzuga oid