Internetda ichki ishlar organi xodimlarini go‘yoki “fosh etadigan” navbatdagi maqola chiqib, uning mualliflari xususan Toshkent shahar IIBB rahbarlaridan birini ayblashmoqda, deya xabar beradi IIBB matbuot xizmati.
“Anonim manbalarga” tayangan holda jurnalistlar ichki ishlar organi va kriminal elementlar “Moldovadan kelgan tadbirkorlardan zo‘rlik bilan ulush undirayotganlari” haqida yozishgan. Ushbu shubhali matnning muallifi ko‘proq e'tibor jalb qilish maqsadida “jar soluvchi” sarlavha va turli xil jimjimador jumlalardan foydalangan, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, ushbu maqolani chop etishdan maqsad Toshkent shahar IIBB xodimlarini obro‘-e'tiborini to‘kish ekanligi yaqqol ko‘rinib turibdi.
Ta'kidlanishicha, muallif “yuqori lavozimda ishlovchi amaldorlarning” ismlarini keltirmasligini, “hozircha ma'lumot faqatgina suhbatdoshlar bilan muloqotdan olinganligi” bilan tushuntirib hiyla ishlatmoqda. Yuqoriroqda u “yuqori davlat lavozimida ishlovchi shaxs” tomonidan tayinlangan Toshkent bo‘yicha allaqanday “vaziyat egasi”ning so‘zlarini keltirgan. Toshkent shahar IIBB saytidan barcha rahbarlar bo‘yicha ma'lumotlar keltirilgan. Ular to‘g‘risidagi ma'lumotlar ham, idoraning faoliyati ham sir tutilmaydi.
Ikkinchidan, tahririyat vakili haqiqatdan ham Toshkent shahar IIBB matbuot-xizmati boshlig‘i o‘rinbosari bilan telefon orqali bog‘lanib, aniq faktlarsiz yoziladigan barcha ma'lumotlar asossiz bo‘lib, mish-mishdan boshqasiga yaramasligi haqida izoh olgan, deyiladi ma'lumotda.
“Shuningdek, jurnalistga xat bilan yoki idoraning saytiga IIBB xodimlarining noqonuniy harakatlarini fosh qiladigan materiallarni yo‘naltirish tavsiya etilgan. Ammo haligacha saytga bu kabi birorta murojaat kelib tushmadi. Buning sababi isbotlar yo‘qligidami?
Endi Moldovadan kelgan “tadbirkorlarga” to‘xtalsak.
Joriy yilning bahorida poytaxt IIBBga kelib tushgan murojaatlarda odamlar ularga oddiy molni uch baravar narxda sotgan moldovan millatiga mansub shaxslarga nisbatan chora ko‘rishni so‘rardilar, Toshkent shahar IIBB xodimlari aholi bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazishdi. Mahalliy aholi va mehmonlarga qo‘ldan turli xil mollar xarid qilishga shoshmasdan, ularning narxini do‘konlardan aniqlashtirish tavsiya qilingan edi. Xodimlar aholi vakillariga Moldova fuqarolarining harakatlaridan jinoyat tarkibi yo‘qligini tushuntirishdi. Bundan tashqari, Moldova vakillaridan ba'zilari tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun patentga ega edilar. Toshkent shahar matbuot-xizmati tomonidan videosyujyet tayyorlangan bo‘lib, unda bu kabi holatlardan biri to‘g‘risida batafsil so‘z yuritilgan”, - deya bildirgan IIBB.















