Toşkent viloyati Angren şahrida IIB tergovçisi tezkor tadbirda pora bilan uşlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, Angren şahar Içki işlar boşqarmasi huzuridagi tergov bölimi katta tergovçisi öz iş yurituvida bölgan tergovga qadar tekşiruv işi doirasida fuqaroga nisbatan jinoyat işi qözğatmaslik va tegişli tartibda çora körmaslik evaziga 10 ming dollar talab qilgan.
U söralgan puldan 5 ming dollarini olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati, Boş prokuratura huzuridagi departament hamda IIV Şaxsiy xavfsizlik boş boşqarmasi xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Holat yuzasidan tergovçiga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Unga qamoq ehtiyot çorasi qöllangan.
Oldinroq Namangan şahar hokimi 60 ming dollar pora olganlikda ayblanib, qamoqqa olingandi.

















