Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Merkelning samolyotiga avtomobil urildi
13 may kuni Germaniyaning Dortmund shahri aeroportida kansler Angela Merkel uchib kelgan Bombardier Global 5000 samolyotiga avtomobil kelib urildi. Bu haqda Deutsche Welle nashri xabar berdi.
Ichida haydovchi bo‘lmagan Renault Trafic avtomobili turargohda turgan samolyotga urilgan. Voqea oqibatida hech kim jabrlanmagan. To‘qnashuv vaqtida Merkelning o‘zi samolyotda bo‘lmagan. Samolyot ekipaji a'zolariga ham putur yetmagan.
Bundesver texniklari samolyotni ta'mirlashni boshlab yuborishgan. Avtomobil o‘z-o‘zidan harakatga kelganining sababi o‘rnatilmoqda.
Nashrning bundesverdagi manbalariga iqtibos keltirgan holda ma'lum qilishicha, haydovchi mashinani qo‘l tormoziga qo‘ymagan bo‘lgan.
Ta'kidlanishicha, kansler Berlinga hukumat samolyotlaridan birida qaytgan.
Mavzuga oid
08:18 / 24.06.2026
2026 yilning eng ishonchli avtomobil brendlari ma’lum qilindi
19:22 / 14.06.2026
Ishlab chiqarilganiga 30 yildan oshgan avtomobillar egalari ekologik kompensatsiya to‘lashi mumkin
18:45 / 12.06.2026
Kundalik sayohat uchun eng yaxshi avtomobil nomi e’lon qilindi
17:38 / 09.06.2026