Özbekistonda jismoniy va yuridik şaxslar öz ehtiyoji uçun avtotransport vositasini import qilganida, bir yilda faqat bitta transport vositasiga muvofiqlik sertifikati beriş çeklovi bekor qilindi. Bu amalda nimani özgartiradi? Endi istalgan odam istagança avtomobil olib kirib, sertifikat olişi mumkinmi? Kun.uz muxbiri şu mavzuda “Autodeklarant” loyihasi muallifi Azizbek Berdiyev bilan suhbatlaşdi.

Muvofiqlik sertifikati – bu import qilingan avtomobilning Özbekistondagi texnik va xavfsizlik talablariga mos kelişini tasdiqlovçi hujjat. Oddiy qilib aytganda, maşina çetdan olib kelingandan keyin vakolatli taşkilotlar uning texnik reglamentlarga, xavfsizlik me’yorlariga va ekologik talablarga mosligini tekşiradi va mos kelsa, sertifikat beradi.

Bu hujjat avtomobilni davlat röyxatidan ötkaziş uçun kerak böladi. Sertifikatsiz maşinani YHXBBda röyxatdan ötkazib, davlat raqami oliş imkonsiz.

– Köpçilik bu qarorni endi istalgan odam çeksiz maşina olib kirib sotişi mumkin, deb talqin qilyapti. Bu qançalik töğri?

– 2017 yilda qabul qilingan transport vositalarining xavfsizligi töğrisidagi umumiy texnik reglamentga köra, jismoniy şaxslar şaxsiy ehtiyoji uçun transport vositasi import qilganida, bir yilda faqat bitta transportga sertifikat olişi mumkin edi. 2018 yilda bu çeklov yuridik şaxslarga nisbatan ham tatbiq etildi. Lekin amalda mazkur çeklovning işlay boşlaşi 2024 yil aprel oyiga töğri kelgandi.

Endilikda ana öşa çeklov, ya’ni bir yilda bitta sertifikatlaş tamoyili bekor qilindi. Bu degani, jismoniy va yuridik şaxslar öz nomiga xohlagança avtomobil import qila oladi degani.

Lekin şu tomoni bor: yuridik şaxslar öz nomiga xohlagança avtomobil import qilsa va dilerligi yöq bölsa, erta bir kun unda sotişda muammo böladi. Xalq tilida “sçet-spravka” – hisob-ma’lumotnoma deyiladi, şu hisob-ma’lumotnoma asosida sotiş kerak. Masalan, menda firma bor, firma nomiga bojxona rasmiylaştiruvini qilyapman, endi men bu import maşinani mijozga sotmoqçi bölsam, hisob-ma’lumotnoma berişim kerak. Lekin rasmiy dilerligim yöq bölgani uçun, yangi transport vositasi sifatida sota olmayman, faqat ikkilamçi bozorda – notarius orqali sotişim mumkin. Jismoniy şaxslarda esa bunday çeklov yöq.

– Bir yilda bir neçta avtomobil import qilgan fuqaro bilan, avtomobil savdosi bilan şuğullanayotgan fuqaro örtasidagi farq qonuniy tartibga solinmagan, töğrimi?

– Şunday, hozirgi kunda fuqaro öz nomiga uçta, törtta yoki beşta avtomobil import qilgandan keyin uning faoliyati tijoriy faoliyat deb atalişi töğrisida heç qanaqa qaror yoki biror norma yöq. Endi menga kelgan insayd xabarlar böyiça, yaqin bir-ikki oy içida şu narsaga özgartiriş kiritilişi ehtimoli bor ekan. Çunki faktik öylab qarasa ham, masalan, bu yerda 100 ta avtomobil import qilgan yuridik şaxs va 100 ta avtomobil import qilgan jismoniy şaxs örtasida baribir farq bor. Yuridik şaxs qimmatroq sotadi, çunki u soliq tölaydi, boşqa narsalar tölaydi. Jismoniy şaxs nisbatan arzonroq sotadi va şuning uçun ham, menimça, yaqin orada bunga oydinlik kiritilsa kerak

– Sertifikat böyiça çeklov bekor qilindi. Amalda bundan eng köp kim yutadi?

– Endi, baribir, fuqarolar yutsa kerak, çunki firmalar hozir ham vositaçilik şartnomasi asosida import qilyapti, çunki ularda dilerlik huquqi yöq. Lekin men özim, masalan, özimning nomimga uçta yoki törtta avtomobilni bojxona rasmiylaştiruvidan ötkaza olmasdim avvallari, hozir menda şu imkoniyat bor. Vositaçilik şartnomasi asosida import qilayotgan firmalarda bu imkoniyat hozirça yöq, çunki ularda dilerlik yöq. Agar dilerlik bölsa, bemalol 10 ta, 100 ta yoki 1000 tagaça avtomobilni bojxona rasmiylaştiruvidan ötkaza oladi.

– Bu çeklovning olib taşlanişi bozordagi narxlarga ta’sir qilişi mumkinmi?

– Narxlar sezilarli darajada özgarmaydi, sababi bojxona tölovlari öşa, sertifikatlaş narxlari, logistika xarajatlari özgarmadi. Faqatgina taklif köpayyapti bozorda, şuning hisobidan narx biroz tuşişi mumkin. Unçalik katta farq bölmasa kerak deb öylayman.

Qolaversa, yaqinda Xitoy hukumati yangi avtomobillarni “işlatilgan” deya rasmiylaştirib eksport qiliş amaliyotiga qarşi çoralar kiritdi. Unga köra, röyxatdan ötkazilganiga 180 kun bölmagan avtomobillarni eksport qiliş ança qiyinlaştirilgan. Şuning hisobiga ham hozirgi kunda köpçilik baribir Özbekistondan avtomobil olişni ma’qul köradi.