Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayev Alter Ego dasturida intervyu berdi. Şahar hokimi «snos», korrupsiya, tanqid va daraxtlar haqida gapirdi.
Hokim tanqid haqida söz yuritib, salbiy fikrlar butun xalqdan emas, balki ba'zi odamlardan çiqayotganini aytdi. Şuningdek, u korrupsiya böyiça öz fikrini bildirdi.
«Men bu butun xalqning, Toşkent aholisining fikri, deb öylamayman. Salbiy muhitni his qilganimda, erkin yura olmasdim. Menimça, hokim haqida salbiy fikrda yozayotganlar buni buyurtma asosida qilişmoqda. Köplab odamlar korrupsiya saqlanib qolişini istaydi, ular bundan pul topişadi. Şuning uçun, ularga istagan narsalarini yoziş manfaatlidir. Men bunga katta e'tibor bermayman, şunçaki işlaşda davom etaman. Bu salbiy narsa doim menga foyda keltirgan», - dedi u.
«Snos»lar haqida gapirarkan, u xalq tinç-xotirjam yaşaşga odatlanganligini aytdi.
«Bizning xalq tinç-xotirjam yaşaşga odatlandi, u Şavkat Mirziyoyev boşlagan islohotlarga tayyor emasdi. Hokim lavozimiga tayinlanganimdan keyin öz işimni körsatişim kerak edi. Men Özbekistondagi vaziyatni iqtisodiy jihatdan özgartiriş uçun, prezident talab qilganidek, odamlar xohlaganidek tezkor harakat qila boşladim. Men faol işlay boşladim, şunda odamlar şiddatli özgarişlarga tayyor emasligi ma'lum böldi, şuning uçun men bu yerda biroz adaşdim va xalq keskin munosabat bildirdi. Mening maqsadim Toşkentni keyingi rivojlaniş bosqiçiga olib çiqiş edi», - deya ta'kidlab ötdi u.
Ortiqxöjayevning fikriga köra, Boş rejani işlab çiqiş masalasida şoşiliş kerak emas.
«Mendan oldin ham buzişgan, qurişgan, öşanda ham Boş reja yöq edi. Boş reja demokratiyaga öxşaydi: bir kun içida bajarilmaydi, yillar davomida tuzilişi kerak. Şuning uçun sabr-toqat kerak. Bu nima uçun amalga oşirilmoqda, nega buzilmoqda, qurilmoqda? Menimça, Toşkentda köplab böş joylar, parklar bor, agar barça böş joylarni tadbirkorlarga beradigan bölsam, tez orada parklar qolmaydi. Toşkent aholi ziç joylaşgan yerga aylanadi», - dedi u.
Hokimning ma'lum qilişiça, Toşkentda, statistika ma'lumotlariga köra, avval hozirgi kunga qadar köproq daraxtlar kesilgan.
«Kesiş bilan brakonerlar şuğullangan. Ular boşqa viloyatlardan kelib, keçqurun arralaşadi va olib ketişadi: bu ular uçun tayyor biznes edi. Agar e'tibor bergan bölsangiz, Namangan va Farğonada deyarli heç qanday daraxt qolmadi. Ba'zi brakonerlarni postlarda uşladik, hatto vodiyga bordik. Bu ustaxonalarni topdik. Köpçilik brakonerlar kesişni atayin videoga olib, hokim bunga ruxsat bergani haqida aytişgan. Men bu muammoni 100 foizga hal qila olmadim. Hozir ular bilan kuraşişning yangi uslublarni qidirmoqdamiz», - deya qayd etib ötdi u.

















