Jamiyat | 11:35 / 14.05.2019
4854
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqanddagi uyda gaz balloni portladi, ona va bola kuyish jarohati oldi

2019 yil 9 may kuni Samarqand tumanida O‘rtashiq mahallasida yashovchi 27 yoshli M.V. ismli ayol uyi hammomidagi isitish pechiga 50 litr hajmdagi gaz ballonini ulab yoqib qo‘ygan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, so‘ng u hammomga 3 yoshli qizini olib kirmoqchi bo‘lib, hammom eshigini ochgan vaqtida gaz ballonidan sizib chiqib to‘planib qolgan gaz va havo aralashmasidan chaqnash sodir bo‘lgan.

Natijada ona va bola kuyish jarohatlari olib kasalxonaga yotqizilganlar. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid