Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda 40 dan ko‘proq jangari yo‘q qilindi
Afg‘onistonda harbiylar G‘azni viloyatidagi operatsiya davomida “Tolibon” harakatining 42 jangarisini yo‘q qilishdi. Bu haqda mahalliy hokimiyat vakili Orif Nuriyga iqtibos keltirgan holda “Sinxua” axborot agentligi xabar berdi.
Nuriyning aytishicha, operatsiya 20 may kuni Andar va Dayoq tumanlarida aviatsiya ko‘magida o‘tkazilgan. Yo‘q qilingan jangarilar orasida “Tolibon” bo‘linmalaridan birining qo‘mondoni mulla Fotih va 6 nafar xorijlik bo‘lgan.
May boshida AQSh boshchiligidagi koalitsiya kuchlari va afg‘on harbiylari Farah viloyatida jangarilar pozitsiyalariga bir qator aviazarbalar berishgan. O‘shanda 150 jangari va giyohvand modda ishlab chiqariladigan 68 ta laboratoriya yo‘q qilingan.
Mavzuga oid
09:15 / 23.06.2026
Belgiya «Tolibon» vakillariga viza berdi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:50 / 12.06.2026