Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Formula-1”ning uch karra chempioni Niki Lauda hayotdan ko‘z yumdi
Foto: AP Photo/Luca Bruno
Sobiq avstriyalik poygachi va “Formula-1” poygalarining uch karra chempioni Niki Lauda 71 yoshida vafot etdi.
Ma'lum qilinishicha, Lauda 20 may kuni oilasi davrasida hayotdan ko‘z yumgan.
“Chuqur qayg‘u bilan bizning sevimli Niki 20 may, dushanba kuni yaqinlari qurshovida hayotdan ko‘z yumganini ma'lum qilamiz. Uning sportdagi noyob natijalari unutilmaydi. Uning o‘z ishiga so‘nmas qiziqishi, to‘g‘riso‘zligi va mardligi barchamiz uchun o‘rnak bo‘lib xizmat qiladi. U mehribon va g‘amxo‘r turmush o‘rtoq, ota va bobo edi, biz uni sog‘inib qolamiz”, deyilgan marhumning oilasi maktubida.
Qariya 2018 yil iyulda grippga gumon bilan Venadagi shifoxonaga yotqizilgan. Keyinroq uning o‘pkasiga zarar yetgani va u boshqa normal ishlay olmasligi ayon bo‘lgan. Avgust boshida sobiq poygachiga o‘pka ko‘chirib o‘tkazilgan.
Lauda “Formula-1”da 13 mavsum ishtirok etib, 25 ta bosqichda g‘olib bo‘lgan. U 1975, 1977 va 1984 yillarda chempion bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan. Turli jamoalar, jumladan, “Ferrari” va “Maklaren” a'zosi bo‘lgan hamda faoliyatini 1985 yilda yakunlagan. 2012 yil sentyabridan Lauda “Mersedes” kompaniyasining kuzatuv kengashi raisi bo‘lgan.
Mavzuga oid
22:01 / 09.12.2025
O‘zbekistonda «Formula-1» poygalari bosqichini o‘tkazish masalasi muhokama qilindi
20:06 / 05.10.2025
McLaren Formula-1 konstruktorlar kubogini muddatidan oldin qo‘lga kiritdi
18:33 / 21.09.2025
Ferstappen F1 poygasida Ozarboyjon Gran-prisi g‘olibi bo‘ldi
17:22 / 25.05.2025