"Buyuk Kelajak" eksperti Nur Parpiyev Özbekistonda ikki fuqarolikni joriy etiş taklifi bilan çiqdi. Uning bu haqdagi maqolasi ÖzA tomonidan e'lon qilindi. Quyida maqola töliq holda keltiriladi.
Özbekiston taşqarisida juda köp özbekistonliklar istiqomat qiladi. Ularning katta qismi xorijda doimiy yaşaydi va yaşayotgan davlatining fuqaroligini olişgan.
Vatanimizdagi ijtimoiy va siyosiy islohotlar, tabiiyki, xorijdagi özbekistonliklarning ham diqqat markazida. Yonlarida boşqa davlatning pasporti bölsa-da, ular Özbekiston pasportini asrab-avaylaşadi. Ular uçun istagan paytda oilasi va qarindoş uruğlari yaşayotgan mamlakatga bemalol, heç qanday taqiqsiz borib-kelişi muhim masala.
Hukumat esa xorijda istiqomat qilayotgan vatandoşlar tuğilib-ösgan yurtiga emin-erkin kelib-ketişlari uçun imkoniyatlar yaratyapti.
Joriy yilning 17 aprel kuni hukumat tomonidan tasdiqlangan «Özbekiston Respublikasiga taklif qilişni rasmiylaştiriş, köp martalik kiriş vizalarini beriş hamda ularni içki işlar organlari tomonidan vaqtinça propiska qiliş» tartibi töğrisidagi nizom yaratilayotgani ana şunday imkoniyatlardan biri.
Özbekistonga bugun yangi texnologiyalar, investitsiyalar, ğoyalar kerak. AQŞ, Gollandiya, Germaniya, Avstraliya va boşqa ilğor davlatlar fuqaroligini olgan, öz biznesiga ega bölayotgan özbeklar bugun Özbekistonga tösiqlarsiz, qoğozbozliklarsiz borib, öşa yerda ham mamlakat rivoji uçun dalda böladigan loyihalarini amalga oşirişlari kerak.
Agar Özbekiston hukumati ikki fuqarolikka ruxsat bersa, boşqa davlat fuqaroligini olgan köplab özbekistonliklar mamlakat iqtisodiga, rivojiga katta hissa qöşa oladi.
Xorijda yaşab, öşa yerda özini tiklab olib, biznesini yaratgan, özi va yaqinlari uçun tökin-soçin hayot va osuda şaroit yaratib, bir neça yuz odamni iş bilan ta'minlagan vatandoşlar oz emas.
Şunday bölsa ham, ularning öy-xayollari vatanda. Ular Özbekistonda ham öz bizneslarini oçişni, insonlarga farovonlik keltirişni öylab yaşaşadi. Buning uçun esa şunga yaraşa qonunlar va qarorlar qabul qilinişi ayni muddao.
Ikki fuqarolik – bugun xorijda yaşayotgan juda köp özbekistonliklar uçun dolzarb mavzu.

















