Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada Markaziy Osiyodan kelgan migrantlarga fuqarolik berishni to‘xtatish taklif etildi
Davlat Dumasi deputati Sergey Mironov 2030 yilgacha markaziy osiyolik migrantlarga fuqarolik va yashash uchun ruxsatnoma berishga moratoriy joriy etishga chaqirdi.
«Spravedlivaya Rossiya» partiyasi raisi Sergey Mironov 2030 yilgacha Markaziy Osiyodan kelgan migrantlarga fuqarolik va yashash uchun ruxsatnoma berishga moratoriy joriy etishga chaqirdi.
«Rossiyaga zaif nazorat qilinadigan migrantlar oqimi faqat o‘sib bormoqda. Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil dastlabki olti oyida xorijliklarga 114 mingga yaqin mehnat ruxsatnomasi berilgan, bu 2024 yil birinchi yarmiga nisbatan bir yarim baravar ko‘pdir. Rasmiy hisob-kitoblarga ko‘ra, Rossiyada 6,5 milliondan ortiq migrant bor va ularning kamroq qismi ishlaydi. Qolganlar - hech narsa qilmaydigan, lekin bizning ijtimoiy infratuzilmamiz, jumladan, shifoxonalar va maktablardan foydalanadigan oila a’zolari», dedi Mironov.
Deputatning fikricha, bunday holat Rossiya milliy xavfsizligi va fuqarolari farovonligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid soladi.
«Spravedlivaya Rossiya» allaqachon Davlat Dumasiga mamlakatda migratsiyani tartibga solishga yordam beradigan bir qator qonun loyihalarini kiritgan. Ammo bu qarorlar hali qabul qilinmagan ekan, men 2030 yilgacha O‘rta Osiyodan kelgan migrantlarga fuqarolik va yashash uchun ruxsatnoma berishga moratoriy joriy etishga chaqiraman. Faqat shu yo‘l bilan biz vaziyatni barqarorlashtirishimiz va bugungi kunda mamlakatga chet el fuqarolarining ommaviy kelishi tufayli yuzaga kelayotgan barcha muammolarni hal qilishimiz mumkin», dedi Mironov.
Avvalroq siyosatchi bir necha bor shunga o‘xshash tashabbuslar bilan chiqqan. 2022 yilda u Tojikiston fuqarolariga fuqarolik berishni taqiqlashni taklif qilgan, biroq qo‘llab-quvvatlanmagan. 2024 yilda Mironov yana O‘rta Osiyo aholisi uchun vaqtinchalik moratoriy joriy etishni talab qildi, biroq uning taklifi ham rad etildi.
Mavzuga oid
22:29 / 13.06.2026
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida ilk bor migratsiya sohasida bitim va qo‘shma deklaratsiya imzolandi
09:15 / 10.06.2026
AQSh Kongressi migratsiya xizmati uchun 70 milliard dollar ajratdi
20:30 / 09.06.2026
“O‘g‘limning o‘rnidan boshqa bolani imtihonga kiritishgan” - Koreyaga ishga jo‘natish “biznesi” qurboni
19:24 / 09.06.2026