Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Rossiya bilan harbiy-texnik hamkorlikni kuchaytiradi. Samarqandda qator shartnomalar imzolandi
Samarqandda 23 may kuni bo‘lib o‘tgan harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha Rossiya-O‘zbekiston hukumatlararo komissiyasining majlisi doirasida bir nechta shartnomalar imzolandi. Bu haqda harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha Federal xizmat saytida xabar berildi.
«Majlis davomida Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida 2016 yil 29 noyabrda imzolangan harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi shartnomani amalga oshirish doirasida ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Tomonlar o‘zaro harbiy-texnik hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar va erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha aniq qadamlarni belgilab oldilar. Majlis yakunida bayonnoma imzolanib, kelishuv doirasida qator shartnomalar tuzildi», - deyiladi matbuot uchun xabarnomada.
Aynan qanday shartnomalar tuzilgani haqida xabar berilmagan. Navbatdagi majlisni Rossiya Federatsiyasida 2020 yilda o‘tkazish rejalashtirilgan.
Samarqanddagi yig‘ilish harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha Federal xizmat direktori Dmitriy Shugayev va O‘zbekistonning Mudofaa sanoati bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi Otabek Ibodullayev raisligida bo‘lib o‘tdi.
Mavzuga oid
10:40 / 27.06.2026
Aviayonilg‘i taqchilligi: Rossiya importni keskin ko‘paytirdi
20:27 / 26.06.2026
Rossiyada migrantlar uchun bojlar 5-12 baravar oshirildi
11:00 / 26.06.2026
AQSh Ukraina bo‘yicha Alyaskada kelishuv bo‘lganini rad etdi
09:15 / 26.06.2026