Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Lasetti» yukxonasidagi 100 million so‘mlik sifati kafolatlanmagan mahsulotlar fosh etildi
Sifati kafolatlanmagan, inson salomatligiga xavf tug‘diruvchi biologik faol moddalarni yurtimizga noqonuniy olib kirish va uning savdosiga qarshi bojxona organlari tomonidan keskin kurash olib borilmoqda.
Xususan, Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumani hududida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida yo‘l chetida to‘xtab turgan, fuqaro M.A boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtotransport vositasi belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.
Natijada, uning yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan va hech qanday hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 100 million so‘mdan ortiq 466 dona biologik faol qo‘shimchalar borligi aniqlandi va ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.
Hozirda holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
10:00 / 01.07.2026
Andijonda do‘ppisi ichiga 35 ming dollar yashirgan yo‘lovchi ushlandi
21:34 / 13.06.2026
Andijonda oltinlarni turli nayranglar orqali olib kirishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi
09:50 / 12.06.2026
Ichki kiyimga yashirilgan giyohvandlik moddasi saqlovchi kapsulalar aniqlandi
16:58 / 02.06.2026