Caravan Group restoranlar tarmoği asosçisi Timur Musin Facebook’dagi öz sahifasida video e'lon qildi, unda restoraniga bir guruh şaxslar kelgani tasvirlangan.

«Aziz döstlar. Iltimos qilaman - mening xabarlarim va izohlarimga xotirjam munosabat bildiring. Bu 90-yillar, reyderlik bilan egallab oliş va heç qanday «siqib çiqariş» emas. Şunçaki, bu har kuni kimdir töqnaş kelayotgan hozirgi bema'nilikdir. Men alohida foydalanuvçilarga murojaat qilaman - menga «özboşimçalik qurboni» sifatida açinib, yaxşilik qilaman deb noxuş iş qilib qöymoqdasiz», - deya ta'kidlab ötdi u.

Uning sözlariga köra, Özbekistonda qariyb uç yildan beri respublikaga dunyodagi eng ilğor va rivojlangan davlatlardan biri bölişga yordam berişi kerak bölgan köplab hujjatlar qabul qilinmoqda. Işbilarmon doiralar 2017 yil 8 avgustdagi PQ-3182-sonli, tumanlar (şaharlar va hududlar)ni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça sektorlar işini taşkil etiş töğrisidagi qarorni ham şunday hujjatlardan biri sifatida qabul qildi.

Taşkil etilayotgan sektor guruhlarining asosiy vazifasi körsatilgan sohalarda «muammolarni aniqlaş va hal qiliş böyiça maqsadli tadbirlarni amalga oşiriş» deb e'lon qilindi. Ya'ni, prezident yordam beriş haqida topşiriq berdi. Hayotda esa ba'zan şunday bölyapti: mansabdor şaxslar buni hamma narsani nazorat qilişning yana bir imkoni deb bilişdi.

«Oddiy tadbirkor Timur Musinning hayotidan yana bir misol. Men Toşkentga Olmaotadan kelişga ulgurmay 9 kişidan iborat «juda vakolatli guruh» restoranimizga kirib keldi. Heç narsa tuşuntirmasdan, heç qanday hujjat taqdim etmasdan, ança qat'iy (hatto qöpol, degan bölardim) şaklda ularni muassasaga kiritişni talab qildilar. Faqat özini taniştiriş va taşrif maqsadi haqidagi takroriy iltimoslardan söng, ulardan biri ismi Şerzod ekanligini aytdi, lekin şaxsni tasdiqlovçi heç qanday hujjatni körsatmadi», - deya yozgan u.

Uning sözlariga köra, Toşkentda köp Şerzodlar bor, şuning uçun yana va yana söraşga majbur bölingan - qayerdansiz, nima istaysiz? Şundan söng, Şerzod «Yakkasaroy soliq inspeksiyasidan bölib, tekşiruvga kelganini» tan oldi. Bundan taşqari, unga hamrohlik qilgan kişilarning köpçiligi ham uşbu idoradan edi.

«Qanday tekşiruv, nima asosida, kim unga ruxsat bergan??? Javob qaytarilmagan savollar. Hamma narsa butunlay tuşunarsiz bölgani uçun «Şerzod va kompaniyani» muassasaga kiritişmadi. Şundan keyingina, ular bizning tumanimiz böyiça sektor guruhi vakillari ekanini tuşuntirdilar. Eng qiziqarli narsa şundaki, biz ularni tanimaganimizdan hayratga tuşişdi. Ular tomondan qiziqarli savollar berildi: «Qanday qilib? Nima uçun siz tuman soliq inspeksiyasi boşliği kurator bölgan sektoringiz vakillarini bilmaysiz?» - deya qayd etib ötdi Musin.

Tadbirkor savoldan ajablangan - nega u inspektorlarni yuzidan tanib olişi kerak.

«Men ulardan heç narsa haqida söramadim, biznesimdagi muammolarni hal qilişda yordam berişganini his qilmadim. Ularga heç qanday savollarim yöq edi. Agar ularda menga savollar tuğilgan bölsa, unda bu savollar vazifalari va vakolatlari doirasida berilişi kerak edi. Biroq, fiskal organlar xodimlarining «otliq hujumlar» şaklida va telekameralar hamrohligida emas. Yigitlar! Mendan sörasangiz - men sizga javob beraman! Biroq, tadbirkorlik loyihasi amalga oşirilayotgan, xodimlar işlayotgan va asosan xorijliklar bölgan taşrif buyuruvçilarga xizmat körsatilayotgan hududga huquq va vakolatlarga ega bölmay turib bostirib kiriş kerak emas!», - dedi u.

Uning ma'lum qilişiça, qandaydir odamlar kelib, heç qanday yozma asoslarni taqdim etmay turib tekşiruv uçun taşrif buyurişganini ma'lum qilgan, keyin sözini biroz tuzatib - «navbatdagi monitoring» ötkazişlarini aytişgan.

«Nima uçun «monitoring» deb nomlangan guruh SES va yonğin xizmati vakillari bilan kuçaytirilib, telekameralar hamrohligida, qonunda belgilanganidek biznes-ombudsmen apparati bilan yozma muvofiqlaştirişsiz keladi? Agar ular muammolar monitoringi bilan şuğullanayotgan bölsa, unda nega MTRK telekanalining tasvirga oliş guruhi ruxsat söramasdan video yozib olişga harakat qildi. Men tuşunaman, «matbuot erkinligi», biroq tadbirkorlarning noqonuniy «bostirib keliş»dan himoyaga, şuningdek ular mijozlarining bemalol hordiq çiqarişga bölgan huquqi huquqiy davlatda hurmat qilinişi kerak. Bizda alohida amaldorlar özi odatlanganidek iş tutişga örganib qolgan.

Nega bizda mamlakat hukumati qarorlarini bajariş bilan boğliq hamma narsa murakkab? Nima uçun tumanimizdagi sektor öz missiyasini respublika rahbariyatining qarorlariga teskari holda bajarmoqda? Prezidentimiz PQ-3182-sonli qarorda aniq vazifalar qöydi: davlat va biznes örtasidagi munosabatlarda nizo muhitini yaratiş emas, balki hududlarni rivojlantiriş, aholi turmuş darajasini yaxşilaş va ijtimoiy himoya qiliş, tadbirkorlikni rivojlantiriş hamda investitsiyalarni jalb qiliş», - deya xulosa qilgan Musin.

Bundan oldin, Temur Musin Özbekistondan taşqarida restoran biznesi bilan şuğullanişda davom etişini aytgandi.