Ijtimoiy tarmoqlarda “Caravan Group” MÇJ restoranlari bilan boğliq vaziyat borasida tarqalgan ma'lumot yuzasidan MIB rasmiy axborot berdi.

Qayd etilişiça, Toşkent tumanlararo iqtisodiy sudining (20.11.2018, 16.01.2019, 28.01.2019 va 05.03.2019) qarorlariga asosan qarzdor “Kreative Studio Caravan” MÇJ,  “Protekt Konsalt” MÇJ, “Caravan Group” MÇJ va “Karavan Art” MÇJlardan AT “Asakabank” foydasiga jami 15,5 mlrd. söm, ATB “Kapital bank” foydasiga 3,7 mlrd. söm va davlat foydasiga 77,2 mln. söm undiriş, kredit qarzdorligi böyiça undiruvni jami bahosi 21,6 mlrd. sömga teng garovda bölgan: Mirzo Uluğbek tumani, Şörtepa köçasi 253-uy, Yakkasaroy tumani A.Qahhor köçasi 25-uy, Toşkent viloyati, Böstonliq tumani, Xöjakent mavzesi hamda Xöjakent QFY xududida joylaşgan bino-inşootlarga qaratiş belgilangan.
 
“Ijro hujjatlari böyiça tegişli tartibda ijro işlari qözğatilib, qarzdor korxonalarga ijro hujjati talablarini bajariş uçun 15 kungaça bölgan ixtiyoriy muddatlar belgilangan va qaror nusxalari tegişli tartibda korxona rahbarlariga topşirilib, ular xabardor qilingan. Şuningdek, ijro harakatlari haqida şaxsan Timur Musinga ham MIB xodimlari tomonidan tuşuntiriş berilgan”, - deyiladi xabarda.

Bildirilişiça, qarzdorlar tomonidan ijro hujjatlari talablari ixtiyoriy bajarilmaganligi sababli davlat ijroçisi tomonidan majburiy ijro harakatlari olib borilgan. Qarzdor korxona rahbarining Byuro xodimlari harakatlariga e'tiroz bildirişi örinsiz. Majburiy ijro Byurosi mazkur qarzdor korxonaga nisbatan ijro harakatlarini faqatgina sud qarori ijrosini qat'iy ta'minlaş doirasida amalga oşirmoqda, deyiladi xabarda.

Majburiy ijro harakatlari davomida Yakkasaroy tumani A.Qahhor köçasi 25-uy (Chelsea ARMS, bahosi 4 mlrd. söm) hamda Toşkent viloyati, Böstonliq tumani, Xöjakent mavzesida joylaşgan (Cinara`s, 6 mlrd. söm) bino inşootlar xatlanib, qarzdor korxona rahbarlariga tegişli tartibda xabarnoma yuborilgan holda 14.05.2019 yilda elektron onlayn-auksion savdolariga çiqarilgan. Uşbu köçmas mulklarning auksion savdolari joriy yilning 13 va 14 iyun kunlari ötkazilişi belgilangan.

Hozirda sud qarorlari ijrosini ta'minlaş böyiça harakatlar davom ettirilmoqda, deya yakunlangan MIB bayonoti.

Bundan oldin, Caravan Group restoranlar tarmoği asosçisi Timur Musin Facebook’dagi öz sahifasida video e'lon qilgandi