30 may kuni «Sport TV» kanalida efirga uzatilgan «Sport klubi» körsatuvida Özbekiston Futbol Assotsiatsiyasi xodimlari San'at Şaripov va Diyor Imomxöjayev, jurnalistlar Mirzahakim Töxtamirzayev va Şahboz Beğamov örtasida öziga xos debat bölib ötdi. Bu yiğilişga asosiy sabablardan biri sifatida Mirzahakim Töxtamirzayevning sal avvalroq, futbolimiz mutasaddilarini tanqid qilib çiqarilgan, internet tarmoqlarida maşhur bölgan videomurojaati sabab böldi deyiş mumkin.
Jurnalistlar ÖFA, PFL boşqaruvi va asosan terma jamoa atrofidagi voqealar va natijalar haqida öz e'tirozlarini bildirişgan bölişsa, ÖFA xodimlari tabiiy ravişda, taşkilotni himoya qilişga harakat qilişdi. Ya'ni bu safar öşa murojaat jonli tarzda, dialog körinişida yuzaga keldi.
Mirzahakim akaning Superliga formatidagi özgarişlar, reglamentga amal qilinmasligi haqidagi e'tirozlariga qöşilaman. Qiziği, bu savollar baribir javobsiz qoldi. Bu mayli. Suhbatning köp va qiziqroq qismi esa, terma jamoa, uning murabbiyi, Osiyo kubogidagi öyinlar va uning tahliliga bağişlandi.
Dasturni köring, boşdan oxirigaça hikoya qilib beriş niyatim yöq, juda qiziq bölgan. Terma jamoa va uning BAAdagi iştiroki haqida ham öz fikrimni bildiriş niyatim yöq – bu haqida juda köp marta aytdim, yozdim. Bu körsatuvda e'tiborimni tortgan boşqa jihat haqida yozmoqçiman.
Jurnalistlarning terma jamoaga bölgan e'tirozlari quyidagiça yangradi:
— Osiyo kubogidan oldin, Kuper kelgunça bir yil terma jamoamiz deyarli murabbiysiz qoldi.
— Avstraliyadagi yiğin kerak emasdi, noörin taşkil qilindi.
— Osiyo Kubogi oldidan örtoqlik öyini taşkil qilinmadi.
— Kuper jamoasi işonçli öyin körsata olmadi, Avstraliyadan öta olmadik.
— Murabbiylar ştabi Denisov, Bikmayev, Şomurodov masalasida, umuman tarkib tanlaşda adaşgani isbotlandi.
— Penaltilar seriyasiga ştab munosib tayyorgarlik körmagani bilinib qoldi, buni 15 yil oldin nuqtadan adaşgan Bikmayevning seriyada qatnaşganidan biliş mumkin.
Va hokazo..
Ba'zi savollar rostdanam, bevosita ÖFAning terma jamoalar bölimiga, bevosita studiyada qatnaşgan maslahatçilarga yönaltirilgani töğri. Javoblar ham berildi. Masalan, bir yillik tanaffusning sababi sifatida murabbiylarning mundialdan böşaşlari kutilgani keltirildi. Avstraliyadagi yiğin Janubiy Koreya bilan öynaş uçun imkoniyat edi va murabbiyning özi buni xohladi. Örtoqlik öyiniga kelsak, buni ham boş murabbiy rad etdi, aks holda taşkil qilinişi mumkin edi va hokazo.
Mavzuga oid
Qaysidir ma'noda munosib javoblar berilyapti, töğri yoki notöğri, rost va yolğon, baribir, mantiq bor. Bu yerda xato emas, kimdir notöğri deb hisoblaydigan qarorlar bor, xolos. Tuşunarli.
Meni köproq ikkinçi qism hayratlantirdi. Qiziği, ÖFA xodimlari Kuperning murabbiy sifatidagi qarorlarini ham himoya qilişga kirişib ketişdi. Terma jamoaning yomon natija qayd etganiga javoban, aslida juda yaxşi öyin körsatilgani aytildi. Penaltilar seriyasidagi voqealarda ham, göyoki murabbiylar ştabi a'zosi sifatida javob bera boşlaşdi. Ya'ni göyoki, jurnalistlar Kuperga qarşi, mutasaddilar esa, Kuperning himoyaçisi sifatida körinib qoldilar. Nega axir?
Menimça, aslida ÖFA xodimlari bunday pozitsiyada bölişlari, umuman Kuperni yoki terma jamoa natijalarini himoya qilişlari şart emas. ÖFA özi çiqargan qarorlarga javobgar – aytaylik, San'at Şaripov «Terma jamoa tajribali kuçli murabbiy kerak edimi? Kuper tayinlandi. Nima e'tiroz? Unga kerakliça örtoqlik öyinlari va raqiblar topib berildimi? Berildi. Nima e'tiroz? Tayyorgarlik uçun barça şaroit qilindimi? Qilindi, nima e'tiroz?», deganida haqli bölardi.
Axir u Kuper tanlovi notöğri bölganini oqlaşga muhtojmas. Gap tizimda ekan, juda zör işlaydigan tizimlarda ham murabbiy tanlovi borasida kutilgan natija bermay qolişi mumkin. Marçelo Lippi Italiyani JÇ-2010ga olib kelganda, jahon çempioni edi, lekin guruhda şarmanda böldi, misol uçun.
ÖFA xodimi Kuperning tarkib borasidagi, penaltini kim tepişi borasidagi qarorlarini oqlaşga muhtoj emas. Şartnoma qilindi, tarkib yiğib berildi, tayyorgarlik qilib berildi, ayni öşa paytda, Avstraliya bilan penaltilar seriyasida ÖFA nimayam qila olardi, töğrimi? Maydondagi voqealar endi u, futbol, öyin, har narsa bölişi mumkin.
Göyoki, futbolimizda ikki sub'yekt – bir tomonda ÖFA va terma jamoa ştabi, ikkinçi tomonda muxlislar va jurnalistlar turganga öxşab qoldi.
Aslida bu yerda uç tomon bölişi kerak. ÖFA va uning mutasaddilari alohida, terma jamoa murabbiyi va uning ştabi alohida sub'yekt sifatida tuşunilişi lozim. Ana şunda har qanday musobaqadan keyin, jurnalistlar va mutaxassislar tahlil qiladi, tanqid qiladi. Terma jamoa ştabi öz pozitsiyasini bildiradi. ÖFAdagi terma jamoalar bilan işlaş bölimi esa xolis uçinçi tomon sifatida, vaziyatni tahlil qiladi, baholaydi, terma jamoa murabbiylaridan natija talab qiladi yoki savollar beradi.
ÖFA xodimi jurnalistlar bilan muloqotda zör berib aslida terma jamoada işlar joyida ekani, yaxşi öyin körsatilganini isbotlaşga uriniş örniga, içkarida ham öyinlar çuqur tahlil qilinib, Kuper bilan munozara olib borilgani, e'tirozlar bildirilgani haqida ma'lumotlar bersa yaxşiroq bölardi. Jurnalistlar terma jamoa öyinini tanqid qilganlari bilan, ertagayoq Kuperni iste'fosini talab qilişmayapti – şunçaki, mutasaddilarda terma jamoa öyiniga tanqidiy yondaşuv umuman yöqligi ularni xavotirga solyapti, xolos.
Yuqorida aytganimdek, Kuperning tayinlanişi öşa vaqt uçun töğri edi – tajribali çet ellik murabbiy, tamom. Agar natijalar yomon bölsa, iste'foga çiqariladi – bu ham töğri qaror. Bu ikki qarorda ziddiyat yöq. Lippining Italiyani boşqarişi 2006 yilda muvaffaqiyatga, 2010 yilda şarmandagarçilikka olib kelganidek, har qanday qarorga öşa davr, makon va vaziyatlar taqozo qiladi. Ya'ni, agar ÖFA bugun Kuperning işidan norozi bölsa, bu degani olti oy oldin xato qilganini tan olgan bölib çiqmaydi.
Bu yerda ikkita eng muhim kamçiligimiz örtaga çiqadi.
ÖFA, terma jamoa, umuman har qanday taşkilotning işlariga baho berişda eng muhim öringa natijani olib çiqib qöyamiz. Oqibatda, jurnalistlar natija tufayli ÖFA boşqaruvini tanqid qiladi – aslida, ÖFA boşqaruvining natijasi Avstraliya bilan öyin emas – terma jamoani şakllantirişda yaratilgan şaroitlar bölişi kerak.
Öz navbatida, ÖFA ham özining yaxşi işlaganini körsatiş uçun, natijani peş qiladi, tinmasdan aslida Osiyo Kubogidagi natija yaxşi bölganini, Avstraliya kuçli bölganini tuşuntirişga urinadi, xolos. Aslida, futboldagi natija oqibat emas, mukofot xolos – har qanday natijadan qat'i nazar, boşqaruvdagi kamçiliklar tahlil va tanqid qilinişi normal holatga aylanişi kerak.
Ertaga, kimnidir öxşab qolgan zarbasi bilan mundialga çiqib qolsak, hammamiz zör işladik deb maqtanişni istab qolsak, indinga, öşa zarba qiyşiq ketib qolsa, har qança zör işlanilmasin, şaroitlar yaratilmasin, yomon işlagan taşkilotga aylanib qoliş xavfi ham böladi.
Köp sohalarda natijalarga qarab maqtaniş oson körinadi, terma jamoaga mana bunaqa şaroitlar qilib berdik, mana bunday özgarişlar qildik deb uzundan uzoq tuşuntirişdan köra, terma jamoa mening davrimda falon natija körsatdi, deb qöyiş ança işonarli va aniqqa öxşab çiqadi.
Buning yanada xavfli tarafi şundaki, rahbar faqat özi işlagan davrdagi natijalarga urğu qaratişga qiziqib ketadi – masalan kelajak ön yildan keyin natija beradigan juda samarali loyihalardan voz keçişi ham mumkin. Axir ön yildan keyin boşqa rahbar hosilini teradigan bölsa, buning ustiga «men kelib şu işlarni qildim» deydigan bölsa, alam qiladi-da. Şu bilan birga, bugun muammo çiqarayotgan ba'zi eski qarorlardan ham qutulgisi keladi – eski davrni yomonlaş, eski davr bilan taqqoslaş avj oladi.
Albatta, futbol barça uçun oçiq soha, aslida uning rahbari ham xalq tomonidan saylanadi, e'tibor qozoniş uçun ba'zida özini körsatiş, populistik qarorlar qiliş, xalqqa yoqadigan islohotlar qiliş samarali bölişi turgan gap. Ammo şu bilan birga futbolning ilmiy qismi ham bor – ya'ni taşkilot ilm bilan ham şuğullanişi, barça uçun körinmasa-da, hozir yoki keyin futbolimizni yuqoriroq poğonaga kötarişi mumkin bölgan asosli loyihalarga ham qöl urilişi şart.
Ikkinçidan. Keçagi öşa bahsda «fişka» degan atama işlatildi. Masalan, murabbiylar ba'zida şogirdlariga ruhiy ta'sir qiliş uçun biroz yolğon işlatişadi, «biz turnirda ğalaba qozonmoqçimiz» deyişadi. Yoki turnir tugagaç, jurnalistlar bosimidan qutuliş uçun «bizda ğolib çiqiş vazifasi yöq edi, bu bir tayyorgarlik vazifasini ötadi», deyişadi. Bu ayb emas, hamma joyda işlatiladigan söz öyinlari – jamoa muhitini, futbolçilar ruhiyatini uşlab turiş uçun qöllaniladi.
Meni öylantirgani, ÖFAdagilar terma jamoa BAAdagi musobaqada juda yaxşi öynadi, biz Kuperga işonamiz, futbolçilar xursand, jahon çempionatiga çiqiş uçun bor imkoniyat işga solinmoqda, terma jamoada bölayotgan işlardan, körsatilayotgan öyinlardan rozimiz, deyişayotganda, ana şunday «fişka»ni işlatişyaptimi?
Agar şunday bölsa, qaniydi, bu menga balki ÖFAning içkarisida aslida terma jamoaga öta qattiq talablar qöyilayotgani, murabbiylar ştabidagi ba'zi xatolar tahlil qilinib, boşqa qaytarilmasligi ustida iş olib borilayotgani borasida ba'zi umidlar paydo qiladi. Aks holda...
Ya'ni rostdan ham ÖFAda işlayotgan barça terma jamoamizdan töliq rozi bölsa, yangrayotgan fikrlar rostdan ham samimiy bölsa, bu gaplar taşkilotni himoya qiliş uçun emas, şaxsiy fikr sifatida aytilayotgan bölsa, ÖFAda Kuperga tanqidiy yondaşadigan heç kim bölmasa... Bunisi yomon.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi