“Kun hadisi” dasturining bugungi sonida taqdim etiladigan hadis mazmuni “Yaxşilik va yomonlik”, deb nomlanadi. Bu mavzu haqidagi hadisni Toşkent şahridagi “Xöja Alambardor” masjidi imom-xatibi Odilxon qori Yunusxon öğli şarhlab berdi.
Navos ibn Sam'ondan (r.a) rivoyat qilinadi:
“Payğambarimiz sallollohu alayhi vasallam: “Yaxşilik – bu husni-xulqdir. Gunoh esa köngling xotirjam bölmagan va odamlar bilib qolişini istamaydigan işingdir”, - dedilar.
Ikkinçi hadisda şunday deyiladi:
Vobisa ibn Ma'baddan (r.a) rivoyat qilinadi: “Rasululloh sallollohu alayhi vasallamning oldilariga keldim. U zot: “Yaxşilik haqida söraş uçun keldingmi?”, dedilar. Men “ha” dedim. U zot: “Qalbingdan söra. Nafsing va qalbing xotirjam bölgan narsa – ezgölikdir. Odamlar fatvo beraversalar ham içingni ğaş qilib, könglinga örnaşmagan narsa – gunohdir”, - dedilar.
Mazkur hadis Payğambarimiz sallollohu alayhi vasallamning qisqa sözlari orqali keng va ulkan ma'noni ifodalaşlariga yorqin misol böladi. Payğambarimiz alayhissalom bu hadisda amallarimiz yaxşi yoki yomonligini biliş uçun kerak böladigan eng kerakli bölgan tarozini bayon qilganlar.Haqni taniş tuğma xislatdir. Payğambarimiz sallollohu alayhi vasallamning uşbu sözlari inson haqni tanişi va unga rozi böliş tabiati bilan yaratilganini körsatadi. Soğlom tabiat, albatta, haqni sevadigan böladi.
Gunohning ikki alomati bor: içki va taşqi. Içki alomat – köngil özi xotirjam bölmagan işdan iztirobga tuşadi. Qiynaladi, undan qoçişni istaydi. Taşqi alomat – inson musulmonligi tufayli nomaqbul işini birodarlari körib qolişini istamaydi. Biroq bu yoqtirmaslik odatiy emas, diniy yoqtirmaslik böladi. Amallarimizga nazar taşlaylik. Agar unda mana şu ikki alomatni körsak, öşa amaldan yiroq bölişimiz darkor ekan.
Inson imkon qadar olimlar oldiga borib, yaxşilik haqida, yaxşi amallar haqida sörab, öşa yaxşiliklarga amal qiliş kerak ekan. Sahobalar bu borada barçamizga örnak bölişlari mumkin. Gohida inson bir olimning oldiga borganida, biror masalani söraydi. Lekin, ming afsuski, ba'zilar özining foydasiga masalani hal etiş uçun voqeani töliq yoritib bermaydi. Natijada olim odam uning foydasiga hukm çiqaradi. Mana şunday paytda inson özini aldamasdan, qalbiga quloq tutsin. Uning qalbi, albatta, töğri yölga boşlaydi.












