Narx, monopoliya va rejalar. Artel boş direktori bilan eksklyuziv suhbat
|16:00 / 03.06.201947 06316 min
– Hamyurtlarimiz Artel nomini turliça izohlaşadi. Özi Artel atamasi nimani anglatadi? Dastlab şu haqda ma'lumot bersangiz.
– Albatta, köpçilik özimizdan ham söraşadi. Bizning guruhimizda yozilmagan bir qoida bor va barça loyihalarimizda unga rioya kilişga intilamiz: «Bir iş qilsang – uni mahorat, ya'ni san'at darajasiga olib çiq». Şuning uçun Artel inglizça Art (can'at) va electronics (elektronika) sözlari birikmasidan hosil bölib, Artel, ya'ni elektronikadagi san'at ma'nosini anglatadi.
– Nega aynan elektrotexnika mahsulotlari işlab çiqariş bilan şuğullanmoqdasiz?
– Elektrotexnika sanoati umuman olganda, boşqa sanoat tarmoqlariga nisbatan yoş hisoblanadi va bugungi kunda oldida juda katta istiqbollar mavjud. Avvallari, kundalik hayotimizda işlatiladigan maişiy texnika vositalarining deyarli barçasi çetdan kelar edi va mahalliy bozordagi talab import mahsulotlar hisobiga qondirilardi. Aholi sonining ortib borişi va maişiy texnikaga talabning köpayişi, mahalliy işlab çiqaruvçilar tomonidan taklifning yetarli darajada emasligi bizga ayni sohada iş boşlaşga asosiy turtkilardan böldi.
Yoşi katta hamyurtlarimiz eslasa kerak: yaqin ötmişda sanoqli xonadonlarda televizor bölgan. Televizori bor xonadon boşqalarga nisbatan töq, davlatmand hisoblangan. Aynan maişiy texnika vositalari ham aholi yaşaş turmuş darajasi körsatkiçini belgilovçi omillardan biri hisoblangan. Negaki texnika işlarimizni yengillaştirib, qulaylik yaratadi. Hozirgi davrda har bir xonadonda ikkita va undan ortiq televizorlar bor.
Bugungi kunga kelib esa, respublikamizda maişiy texnikaning yigirmaga yaqin turi mahalliy işlab çiqaruvçilar tomonidan yetkazib berilmoqda, bundan taşqari qöşni davlatlarga eksport ham qilinmoqda. Hali bu sohada foydalanilmagan imkoniyatlar ham köp, şunga qaramay jahon bozorida juda katta raqobat bor. Bu esa hali öz ustimizda köproq işlaşimiz kerak ekanini anglatadi.
– Korxonalaringizning işlab çiqariş quvvati haqida ham sözlab bersangiz.
– Hozirgi kunda Artel savdo belgisi ostida, bir kunda örtaça 15 000 dona turli xildagi mahsulot işlab çiqariladi. Yillik mahsulot işlab çiqariş quvvati 4,5 mln. dona mahsulotga tengdir. Masalan, birgina konditsionerlarning 42 xildagi modeli işlab çiqariladi. Iste'molçilar talabidan kelib çiqib, sovutkiçlarning 56 turdagi körinişi ham işlab çiqariladi.
Mavzuga oid
– Artel mahsulotlarining eksport körsatkiçlari va geografiyasi haqida ma'lumot bersangiz. Çunki bu öylaşimça köpçilikka qiziq.
– Albatta, barçasi şaffof. Artel korxonalarining mahsulotlari 2018 yilda 45,0 mln. dollar miqdorida eksport qilindi. Uşbu körsatkiçni 2019 yilda 65,0 mln. dollarga yetkaziş rejalaştirilgan.
Eksport geografiyasi hozirga kunga kelib ança kengaygan. Qozoğiston, Qirğiziston, Ozarboyjon, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina, Rossiya, Latviya, Armaniston, Gruziya, Afğoniston va yana bir qança davlatlarga bizning mahsulotlarimiz kirib borayapti.
Oxirgi yillarda davlatimiz rahbariyati, xukumatimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlar natijasida işlab çiqaruvçilarga juda keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Jumladan, çet el valutasi konvertatsiyasini erkin qilib qöyilişi va soliq sohasidagi oxirgi islohotlar bizga öxşagan mahsulot işlab çiqaruvçilarni öz faoliyatini kengaytirişga va rivojlanişga katta turtki bölib xizmat qilmoqda.
– Xorijda raqobatga özgaça, bozor töyingan, faqat sifatli va hamyonbop mahsulot istaydi. Bunday şaroitda işlaş qiyin bölmayaptimi?
– Eksportga mahsulot yetkazib beriş bugungi kunda juda sermaşaqqat va oğir faoliyat bölib qolmoqda. Sababi çet davlatlarning bozorlariga kirib boriş va öz mahsulotlarimizni çet ellik iste'molçilarga tanitiş ança vaqt va mehnat talab qiladi.
Odamlar orasida bitta yozilmagan qoida mavjud. Ya'ni, yirik brend kompaniyalarning nomi aytilsa, uşbu mahsulot işlab çiqariladigan davlat köz oldimizga keladi. Misol uçun, Sony deganda Yaponiya, Mercedes Benz deganda Germaniya, Samsung degan Janubiy Koreya va bunga öxşaş misollarni köplab keltiriş mumkin. Men nima demoqçiman: kompaniyamizning asosiy maqsadlaridan biri bu, Artel deganda jahonning qaysi davlatida bölmasin, Özbekistonni köz oldida gavdalantirişga hissa qöşiş.
Çet davlatlarning maişiy texnika bozorida, ustiga‑ustak dunyoning maşhur kompaniyalarning mahsulotlari bilan bir peştaxtada turib, ular bilan narx borasida, sifat borasida, dizayn borasida raqobatlaşib, xorijlik iste'molçilaring işonçini qozoniş juda maşaqqatli, şu bilan birga vaqt talab qiladigan jarayon.
Hozirgi vaqtda eksport davlatimiz va har bir korxona uçun tabiiy zarurat bölib qolmoqda. Şu sababli, mamlakatimizda eksportga juda katta e'tibor berilmoqda va mahsulot eksporti bilan şuğullanuvçi korxonalarga katta imkoniyat, faoliyatlarini kengaytirişlariga şaroitlar yaratilib, imtiyozlar ham berilmoqda. Misol uçun, işlab çiqargan mahsulotimizni çet elga eksportga yönaltiradigan bölsak, QQSdan ozod qilinadi. Bu öz navbatida çet davlatlarda mahsulotlarimiz narxining biroz arzonlaşişi va raqobatbardoş bölişiga şaroit yaratib beradi. Mana şu nuqtaga e'tibor bering: xaridorlar örtasida özimizda işlab çiqarilayotan mahsulotlar çet elda biroz narxi past, degan savollar ham tuğiladi. Sönggi natija barçaga qiziq. Xorijga mahsulot çiqaradigan bölsak, davlatimizga valuta kirib keladi. Bu öz navbatida korxonaning işlab çiqariş hajmlarini oşiriş imkonini beradi. Işlab çiqariş xajmlarining oşişi, har bir mahsulot tannarxida yotgan xarajatlarning kamayişiga (“effekt masştaba” nazariyasi), bu öz navbatida, mahsulotlarimizning içki bozorlarimizda ham arzon narxlarda sotilişiga olib keladi.
– Umuman, keçagi bozor bilan bugungi bozorni taqqoslaş mumkinmi?
– Hozir çet el bozoriga kiriş nihoyatda qiyin. Şu bois, ba'zi korxonalar ayni sohada “demping” siyosatini qöllamoqda. Bu nima degani? Bu – zarurat bölsa mahsulotni zararga bölsa-da sotişni anglatadi. Misol tariqasida, Xitoyning Midea kompaniyasi öz konditsionerlarini çet davlatlarda (Qozoğiston, Qirğiziston, Rossiya, Özbekiston va boşqalarda) Xitoydagi öşa mahsulotning narxiga nisbatan 5-10% arzon narxlarda sotişmoqda. Yoki bölmasa, Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi muzlatkiçlari ham xuddi şunaqa tartibda, Janubiy Koreyadan taşqari boşqa davlatlarga öşa davlatning bozori talabidan kelib çiqqan holda belgilangan narxlarda sotiladi. Bunaqa misollarni köplab keltiriş mumkin. Yirik kompaniyalar öz mahsulotini çet ellarga kirişini va raqobatbardoş bölişini ta'minlaş maqsadida, ayrim vaqtlarda demping usulidan foydalanadi. Busiz eksportni amalga oşiriş ilojsiz bölib qolmoqda.
Bundan taşqari, 2011 yilda Artel kompaniyasi maişiy texnika vositalari işlab çiqarişga endi qöl urganda, maişiy texnikalar, misol uçun, split tizimli konditsionerlarning 12 btu ölçamlisi, taqqoslaşga oson bölişi uçun, dollarda aytadigan bölsak, 400-450 dollar atrofida va bozorda uşbu konditsionerlarning köpi bilan 2-3 brendligi sotilardi, bugungi kunda bozorlarimizda bitta şu ölçamdagi konditsionerlarning 10 dan ortiq turdagi brendlari 230-250 dollar atrofida sotilmoqda. Bu nimadan dalolat beradi, bugungi kunda, respublikada maişiy texnika vositalari işlab çiqaruvçilarning köpligidan, undan taşqari taşqi işlab çiqaruvçilar uçun ham bozorimiz oçiqligidan, raqobatning yuqoriligidan va asosiysi iste'molçi yutişiga olib keladigan şaroit yaratilgan.
– Savollarning asosiysiga va köpçilikni qiziqtirganiga keldik. Bugungi kunda, köpçilikda Artel monopol korxona, şuning hisobiga rivojlanmoqda, degan fikr mavjud. Şu haqida nima deysiz?
– Bu fikrga qöşilmayman. Nima uçun? Birinçidan: monopoliya – bu biror taşkilot yoki korxonaning bozorda mutlaq ustunligi va boşqalarning işlab çiqarişiga tösqinlik qiliş. Eng muhimi, iste'molçida tanlov imkoniyatining yöqligi. Lekin bugun Özbekiston maişiy texnika bozorida Arteldan taşqari yana 20dan ortiq maişiy texnika vositalari işlab çiqaradigan kiçik va yirik mahalliy işlab çiqaruvçilar bor. Savdo markazlariga borib körişingiz mumkin va respublikamizda işlab çiqarilgan qançadan qança elektr maişiy mahsulotlarini uçratasiz. Masalan bular: Vista, Roison, Itimat, Odul, Ideal, Rosso, Konig, Comfort, Sirius, Vitech, S-Smart va boşqalar. Uşbu korxonalar ham Özbekiston bozorida özi işlab çiqargan mahsulotlarni iste'molçilarga yetkazib bermoqda va biz çet el korxonalari bilan birga uşbu korxonalar mahsulotlari bilan ham soğlom raqobatlaşmoqdamiz.
Bundan taşqari, monopol bölgan korxonalar iste'molçilar haqida qayğurmaydi va öz mahsulotining taqdiri haqida kam öylaydi. Artel korxonalari mana şunday korxonalardan farqli ravişda, öz mahsulotlariga uç yil töliq kafolat beradi va bugungi kunda respublikaning barça hududlarida 30 dan ortiq servis xizmati körsatiş markazlari mavjud. Servis xizmati sohasida 450 nafar mutaxassis mehnat qilmoqda.
– Işlab çiqariş ketma-ketligi nimalarga asoslangan? Savolni yanada soddaroq qöyadigan bölsak, mahsulot butlovçi qismlarining neça foizi mahalliylaşgan?
– Bugungi kunda, köpçilikning tasavvurida Artel faqat maişiy texnika vositalarini yiğiş bilan şuğullanadi”, degan tuşunça mavjud. Lekin korxonalarimizda işlab çiqarilayotgan mahsulotlarning mahalliylaştiriş darajasi kamida 65 foizni taşkil qilmoqda. Misol uçun, sovutkiçlarimizni olaylik, zarur bölgan plastik va metall qismlari töliq özimizning işlab çiqariş korxonalarimizda işlab çiqarilyapti. Plastik qismlar uçun granula şaklidagi xomaşyodan, sovutkiçning taşqi metall qoplamalari uçun list, öram (rulon) şaklida keladigan metall xomaşyosidan foydalaniladi. Faqatgina sovutkiçlar işlab çiqaruvçi zavodimizning özida bugungi kunda 1500 nafardan ortiq xodim mehnat qilmoqda.
Bevosita işlab çiqariş jarayonlariga töxtalsak, şuni aytib ötiş joiz, deb bilaman. Işlab çikarişda asosiy tamoyilimiz bu mahsulotning yuqori sifatini ta'minlaş! Şu maqsadda barça zavodlarimizda bir neça bosqiçdan taşkil topgan sifat nazorat jarayoni yölga qöyilgan. Busiz mahsulotlarimiz sotuvga qöyilmaydi.
Şu bilan birgalikda, korxonalarimizda özimizning Artel savdo belgisi bilan yonma-yon, bitta uskunalarda xorijiy hamkorlarimizning Samsung va Shivaki savdo belgilari ostidagi maişiy texnika vositalari ham işlab çiqarilmoqda. Bu holat korxonalarimizda taşkil qilingan işlab çiqariş jarayonlari va bölimlari uşbu katta kompaniyalarning auditlari nazorati va texnik talablariga ham töliq javob berişidan dalolat beradi.
– Artel savdo belgisi ostida işlab çiqaruvçi korxonalarga davlat tomonidan bojxona, soliq yoki boşqa biror imtiyoz berilganmi? Ya'ni, qöşimça imtiyozlar egamisizlar?
– Qöşimça... Qöşimça imtiyozlarimiz yöq. Korxonalarimiz normativ huquqiy hujjatlarda barça korxonalarga nima körsatilgan bölsa, şundan foydalanadi, xolos. Misol uçun Artel savdo belgisi ostida faoliyat yurituvçi korxonalar 2018 yilgaça qonunçilikda va Özbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari asosida belgilab berilgan “Mahalliylaştiriş dasturi” doirasida boşqa işlab çiqaruvçilar qatori imtiyozlarga ega bölgan.
Bu imtiyozlardan tegişli ravişda, agarda belgilangan şartlarni bajara olsa, mahalliylaştiriş darajasini oşirsa, uşbu imtiyozlardan respublikaning barça işlab çiqaruvçilari foydalana olişi mumkin bölgan va foydalangan ham.
Lekin bugungi kunda, Artel savdo belgisi ostida faoliyat yurituvçi korxonalarning öziga alohida turdagi, imtiyozli şartlarda, alohida maqomdagi imtiyozlar berilmagan va hamma işlab çiqaruvçilarga yaratilgan şart-şaroitlar asosida işlab kelmoqdamiz.
Şu bilan birgalikda, ta'kidlab ötmoqçi edimki, Artel korxonalari 2019 yilning birinçi çoragida 171,0 mlrd. sömdan ortiq miqdorda soliq, bojxona va boşqa tölovlar amalga oşirgan.
Artel korxonasi texnika bozorida doimo erkin raqobat muhitini va taraflarning erkin rivojlanişni qöllab-quvvatlagan va şu asosda harakat qilgan.
– Kelgusida iste'molçilar Arteldan qanday yangilik kutişi mumkin? Yoki hozirgi işlab çiqariş jarayonlarining özi yetarlimi?
– Albatta, bizning hozirgi körsatkiçlarimizda töxtab qoliş niyatimiz yöq. Kelgusidagi rejalarimiz katta. Bu borada asosiy maqsadlarimizdan biri işlab çiqarilayotgan mahsulotlarning turi va modellarini yangilaş va kengaytiriş hamda maişiy texnika vositalarini yanada çuqur mahalliylaştiriş asosida, eksport körsatkiçlarini oşiriş.
Korxonamizning R&D markazi mutaxassislar tomonidan Özbekiston iqlimiga, şaroitiga va boşqa körsatkiçlarini hisobga olgan holda, işlab çiqilgan sovutkiçlarning yangi tört xil rusumini joriy yilning 15 iyulida taqdim qilişni maqsad qilganmiz, şuningdek, konditsionerlarning ham yana yangi ikki xil turini iste'molçilarga taqdim qilişni rejalaştirganmiz.
Nafaqat mamlakatimiz içki bozorida, balki qöşni respublikalarda işlab çiqarişni taşkil etiş orqali, jahon bozoriga kirib boriş möljallangan. Bunga Qirğizistonda barpo etilgan yarim avtomat kir yuviş maşinalari işlab çiqariş zavodini keltirsak böladi. Şu bilan birgalikda, Tojikistonning Duşanbe şahrida Artel savdo belgisi ostida elektr suv isitkiçlari va çangyutkiçlar işlab çiqariş böyiça zavod barpo etişni rejalaştirganmiz.
Bundan taşqari, şu paytgaça importdan olib kelingan maişiy texnikalarning elektr motorlari (dvigatel) işlab çiqariş loyihasini Xorazm viloyatida amalga oşirişni rejalaştirmoqdamiz.
– Yana barçani qiziqtiradigan bir savol. Xodimlarni işga qabul qiliş qanday amalga oşiriladi?
– Artel yoşlar kompaniyasi, desak böladi. Çunki işçi xodimlarning aksariyati yoşlar, endigina kollej yo litseyni bitirgan öğil-qizlar, ularning köpçiligi uçun Artel ilk iş joyi hisoblanadi.
Xodimlarni işga qabul qiliş bir neça bosqiçlarda amalga oşiriladi. Dastlab nomzodlar tanlab olinadi, şundan söng maxsus test savollari beriladi. Test natijalaridan muvaffaqiyatli ötgan nomzodlar, suhbatga taklif qilinadi. Suhbatdan muvaffaqiyatli ötgan nomzodlar işga qabul qilinadi.
Nomzodlarga beriladigan savollar va testlar mazmuni talabgorning qaysi bölimga va qanaqa işga qabul qilinişiga qarab tayyorlanadi. Şuningdek, suhbatda asosan nomzodning umumiy xarakterlari, işga qiziqişi, kompaniya töğrisida fikri, kelajagi va boşqalar töğrisida gaplaşiladi.
Bulardan taşqari, korxonamiz Respublikamizdagi öndan ortiq oliy ta'lim muassasalari bilan özaro hamkorlikni yölga qöygan. Jumladan, Islom Karimov nomidagi Toşkent davlat texnika universiteti, Toşkent şahridagi Turin politexnika universiteti, Toşkent şahridagi Inha universiteti, Toşkent kimyo-texnologiyalar instituti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Berdaq nomidagi Qoraqalpoğiston davlat universiteti va boşqalarni misol qilib keltiriş mumkin. Bu hamkorliklar ta'lim muassasalarining talabalarini işlab çiqariş zavodlarimizda, R&D markazimizda amaliyot ötaşi, tajriba almaşişi yoki ularning öquv binolarida yaxşi şaroitlar yaratiş, zamonaviy öquv jihozlari yetkazib beriş, öquv xonalarini ta'mirlaş va boşqa homiylik işlari körinişida bölişi mumkin.
Bugungi kunda, Artel savdo belgisi ostida faoliyat olib boruvçi korxonalarda jami 10 ming nafardan oşiq xodim mehnat qilmoqda. Undan taşqari, yordamçi korxonalarda (diler, savdo va boşqalar) yana 15 mingdan ortiq yurtdoşimiz mehnat qiladi.
Fursatdan foydalangan holda, şuni ta'kidlab ötmoqçi edimki, korxonamiz taşkil qilingandan şu kungaça bizni qöllab-quvvatlab turgan, bizga işonç bildirgan har bir iste'molçiga, fuqarolarga, hamkorlarimizga öz minnatdorçiligimizni bildiramiz. Kelajakda ham sizlarning yordamingizga va işonçingizga muhtoj bölib qolamiz. Iş bor joyda, kamçilik va xatolar ham bölib turadi. Şu sababli, fuqarolarimiz, tadbirkorlar, biznes sohasi, ommaviy axborot vositalari vakillari tomonidan bildiriladigan takliflar, şikoyatlar, e'tirozlarni muhokama qilişga doim tayyormiz. Bu taklif va murojaatlar kompaniyamiz rivojlanişi va yanada özimizning ustimizda işlaşga asos bölib xizmat qiladi.
Taklif, murojaat va boşqa masalalar böyiça quyidagi manzillarga murojaat qiliş mumkin: