Buxoro şahrida joylaşgan, sobiq “Buxoroteks” AJga qaraşli bölgan yirik davlat aktivi onlayn-auksionda 109,9 mlrd sömga sotildi. Bu mulk 17,6 gektar yer maydoni va 115 ming kv metr bino-inşootlarga ega.

“Bankrot deb e’lon qilingan korxonaga tegişli bino-inşootlar 10 yildan ortiq muddat böş turgan bölib, 2015 yilda “nol” xarid qiymatda investitsiya kiritiş şarti bilan berilgan. Biroq investitsiya majburiyatlari bajarilmagani sababli 2021 yilda şartnoma bekor qilingan”, deyiladi 10 oktyabr kuni e’lon qilingan E-auksion axborotida.

Foto: Auksion

Davlat mulki “Bukhara Next Generation Product” MÇJga sotildi. E’tiborlisi, bu korxona 2022 yil 4 oktyabr kuni taşkil etilgan.

Uşbu kompaniyaning 90 foiz uluşi “Next Generation Product” MÇJ kompaniyasiga tegişli. Öz navbatida “Next Generation Product” MÇJning 100 foiz uluşi “Artel Electronics” MÇJga taalluqli. Artel korxonasi esa Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayevga aloqador.

Katta soliq imtiyozlari

Davlat soliq qömitasining oçiq ma’lumotlariga köra, joriy yilning birinçi yarmida 100 foiz uluşi “Artel Electronics” MÇJga tegişli bölgan bir qator kompaniyalarga katta miqdorda soliq imtiyozlari berilgan. Xususan, 1 iyul holatiga köra:

“Next Generation Product” MÇJ

  • QQSdan 23,1 mlrd söm;

“New Profi Technology” MÇJ

  • ijtimoiy soliqdan 2 mlrd söm;
  • jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliğidan 20 mln söm;

“Quality Device” MÇJ