Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Forish»da o‘zbek-fransuz merganlari hamkorligida mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda
Markaziy harbiy okrugi «Forish» tog‘ dala o‘quv maydonida Fransiya Qurolli Kuchlari harbiy delegatsiyasi tomonidan «Snayper kundaligi» dasturi bo‘yicha 3 bosqichda mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.
Dastlabki bosqichda merganlar aniqlikka otish nazariyasi bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lishadi. Ikkinchi bosqichda esa nazariy tayyorgarlikdan o‘tgan harbiylardan oy davomida uzoqlikka otish mashqlarini amaliy bajarish talab etiladi. So‘nggi bosqichda ishtirokchilarga mutaxassislik pedagogikasiga oid bilimlar beriladi.
Yuqoridagi sinovlardan a'lo natijalar bilan o‘tgan merganlargina yo‘riqchi maqomiga ega bo‘lishi mumkin.
Bir necha kundan beri fransuz ofitseri kapitan Jan-Tama Toyer, katta serjant Lasha Sulakauri hamda serjant Miksil Kokashvili tog‘ sharoitida merganlik amaliyoti bo‘yicha yakuniy bosqich mashg‘ulotlarini o‘tkazishmoqda.
Ushbu mashqlar real jangovar harakatlarga yaqin tarzda, ya'ni harakatlanayotgan avtomobilda, bino, daraxt ortidan, tog‘li hududda ko‘rinishi yomon bo‘lgan tungi sharoitlarda olib borilmoqda. Unda to‘g‘ri nishonga olish, niqoblanish, joyni tanlash, uzoq va yaqin masofalarda qurollarni samarali qo‘llash metodlari kabi mavzularga alohida e'tibor qaratilgan.
Mazkur hamkorlikdagi mashg‘ulotlarning yopilish tantanasi 13 iyun kuni Fransiya davlatining O‘zbekistondagi muxtor elchisi ishtirokida o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
22:42 / 28.04.2026
50 nafar o‘zbekistonlik Fransiya uzumzorlariga ishga yuboriladi
09:05 / 25.04.2026
Fransiya okean ustida eng qimmat yo‘lni qurmoqda
09:59 / 24.04.2026
Fransiya yadroviy “soyaboni”ni NATO sharqiy qanotiga kengaytirishi mumkin
10:10 / 21.04.2026