Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
So‘rovnoma: Trampni 2020 yilgi saylovlarda necha foiz amerikaliklar qo‘llab-quvvatlashga tayyor?
Foto: Joshua Robers/Reuters
AQShning aksariyat aholisi 2020 yilgi prezidentlik saylovlarida amaldagi prezident Donald Trampdan ko‘ra senator-demokrat Berni Sandersni yoki AQShning sobiq vitse-prezidenti Jo Baydenni ko‘proq qo‘llab-quvvatlagan bo‘lardi. Bu haqda Politico nashri xabar berdi.
Buni aniqlash maqsadida o‘tkazilgan so‘rovnomalardan biriga ko‘ra, Baydenga respondentlarning 44 foizi, Tramp uchun 33 foizi ovoz bergan bo‘lardi.
Ikkinchi so‘rovnomaga ko‘ra, Sandersni 42 foiz, Trampni esa 32 foiz respondentlar qo‘llab-quvvatlashga tayyor.
Ikkala so‘rovnomada ham 25 foiz amerikaliklar aniq javob bera olishmagan.
So‘rovnomalarda 1991 kishi qatnashgan. Xatolik 2 foizni tashkil qiladi.
Avvalroq CNN o‘tkazgan so‘rovnoma amerikaliklar Trampning 2020 yilgi saylovlarda g‘alaba qozonishiga ishonishlarini ko‘rsatgan.
Mavzuga oid
08:38 / 01.12.2025
Tramp urushni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv imkoniyatini “yaxshi” deb baholadi
10:40 / 25.11.2025
Livitt: Ukraina bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda, lekin prezidentlar bu hafta uchrashmaydi
08:53 / 07.11.2025
Kelgusi 10 yilda 100 mlrd dollardan ortiq: Tramp O‘zbekiston bilan rejalarga to‘xtaldi
13:57 / 06.11.2025