Ayni kunlarda respublika oliy ta'lim muassasalarida ötgan semestr böyiça yakuniy nazoratlar sessiyasi bölib ötmoqda. Lekin hozir gap bu sessiyalardagi adolatsizlik, xöjaçilik va poraxörlik haqida emas.
Baholar hisob-kitob qilinadigan bu «mavsum»da barça talaba va öqituvçilar uçun taniş jarayon takrorlanadi: semestr davomida özlaştirilgan fanlar böyiça qoniqarli baho oliş uçun öqituvçi talabadan mustaqil işlarni (referat, portfolio, taqdimot va hokazo) talab qiladi. Darsning murakkabligi, öqituvçining talabçanlik va qattiqqöllik darajasi, talabaning qoldirgan darslari va yuqori bahoga da'vogarligi kabi omillar ta'sirida bu mustaqil işlarning hajmi va rang-barangligi ham oşib boradi.
Öqituvçilarning ta'kidlaşiça, mustaqil iş talaba bilimini baholaşning mezonlaridan biri hisoblanadi. Semestr davomida töplanişi kerak bölgan maksimum 100 ballning 10 bali mustaqil iş uçun ajratilgan. Şuningdek, talaba dars qoldirganda («nb»ni «otrabotka» qiliş) yoki seminar va amaliy maşğulotlar uçun qöşimça ravişda ham mustaqil iş talab etiladi.
Gap şundaki, bu mustaqil işlar elektron tarzda topşiriş uçun barça imkoniyatlar bölgani holda, qoğozga çiqarib topşirilişi talab etiladi. Sabab sifatida esa «tekşiriş kelib qolganda baho uçun isbot» sifatida körsatilişi rökaç qilinadi.
Endi bir hisoblab köraylik. Davlat statistika qömitasi hisobotiga asosan, 2017 yil holatiga köra respublika böyiça 288,471 nafar talaba mavjud. Ularning har biri bir semestr davomida örtaça 8ta fanni öqiydi. Har bir fandan eng kamida örtaça 10 sahifaga ega bitta mustaqil iş talab qilinsa, demak, bitta talaba bir semestrda 80 dona, respublikadagi barça talabalar esa 23,077,680 dona A4 formatdagi qoğozni sarflaydi.
Endi yana bir arifmetika. Internet ma'lumotlariga köra, bitta örtaça kattalikdagi daraxtdan 11,855 dona A4 formatidagi qoğoz hosil böladi. Demak, mustaqil işlarga sarflanadigan 23,077,60 dona qoğozni tayyorlaş uçun 1946ta daraxt talab etiladi. Bu faqatgina bir öquv semestriga ketadigan xarajat. Ustiga-ustak, har biri 20-30 bet keladigan kurs işlari va har biri 60 betdan kam bölmagan diplom işlarini, öqituvçilar tomonidan yuritiladigan hujjatlarni hisoblaganimiz yöq.
Xorijda talabalar öqituvçilarning topşiriğini elektron formatda tayyorlab, elektron poçta orqali jönatişadi. Biz esa hali «texnikaga işonç yöq» fikridan nari ketolmayapmiz çoği. Öqituvçilarning özlari ham qabul qilinayotgan mustaqil işlar behuda makulaturadan boşqa narsa emasligini, ammo «yuqoridan kelganlar» qoğoz talab qilişini ta'kidlaydi.
An'anaviy qoğozbozlik usulidan elektron formatga ötiş vaqti kelgandir?! Har holda, şusiz ham ança-munça daraxtlarni kallaklab, tabiatga yetarliça zarar yetkazyapmiz...
Saodat Abdurahmonova












