17 iyun kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Özbekiston Boş prokurori örinbosari Erkin Yöldoşev va jurnalistlar iştirokida muloqot taşkil etildi. Unda mamlakatimizda korrupsiyaga qarşi kuraşiş borasida amalga oşirilayotgan islohotlar, korrupsiyaning oldini oliş masalalari muhokama qilindi.

Erkin Yöldoşevning alohida qayd etişiça, Boş prokuratura tomonidan olib borilayotgan tarğibotlar xalqimizning fikrida  korrupsiyaga murosasizlik kayfiyatini singdiriş, bunday jinoyatlarga jazo muqarrar degan dunyoqaraşni şakllantirişga xizmat qilmoqda.

Katta yoki kiçik lavozimdagi mansabdorlarning jinoyatlari oçiqlanayotgani, ulardan xalq xabardor qilinayotganining asosiy sababi ham şu.

«Biz, davlat idoralari, xalqimiz, şu jumladan, siz (OAV) bilan birgalikda, özbek jamiyatini içidan soğlomlaştira olsakkina, taşqaridan bölgan xavf, ya'ni korrupsiyani jilovlaş vazifasi natija beradi. Korrupsiyaga qarşi kuraşda nafaqat şu yönalişdagi Dasturning özi, balki Özbekiston Respublikasining Rivojlaniş Strategiyasida közda tutilgan har bir Dastur, har bir tadbir özining samarasini berayapti, ularning özaro boğliqligi namoyon bölayapti», — deya ta'kidladi Yöldoşev.

Boş prokuror örinbosarining qayd etişiça, jinoyat qonunçiligiga korrupsion jinoyatlar uçun favqulodda jazo sifatida ölim jazosini belgilaş bilan korrupsiya holatlariga töliq barham berib bölmaydi.

«Ölim jazosi yeçim emas. Korrupsiya uçun ölim jazosi qöllaş — Xitoyning içki işi. Bizda insonparvarlik tamoyili bor.

Qonunçiligimizda ilgari ölim jazosi qöllaş bor edi, qonunlarni qöllaşning uzoq yillik tajribasidan kelib çiqib, bunday qatiqqölligimiz şaxsni kayta tarbiyalaşda samara bermagan, ayrim holatlarda inson huquqlarini tuzatib bölmaydigan darajadagi poymol etilişiga ham olib kelgani uçun bu amaliyotdan voz keçilgan, qonunçiligimiz bu yöldan orqaga qaytmaydi», — dedi Yöldoşev.

«Qamoqxonani mahkumlarga töldirib taşlayveriş bilan iş bitmaydi. Bizning vazifamiz jinoyatning sodir etib qöyilişi oldini oliş, agar şunday bölgan bölsa, jinoyat oqibatlarini minimallaştirib, xato qilgan şaxsni jamiyatdan butunlay uzilib ketişiga yöl qöymasdan qayta tarbiyalab, elga qöşişdan iborat. Toki bu şaxs xatosini tuşunsin, afsus qilsin, qilgan jinoyatining oqibatini bartaraf etişda özi iştirok etib, jamiyatga yetkazgan zararini minimallaştirsin», — dedi Boş prokuror örinbosari.

Qayd etilişiça, korrupsiyaning oldini oliş uçun qonunga özgarişlar ham kiritilyapti. Masalan, Jinoyat kodeksining pora berganlik va pora oliş-berişda vositaçilik qilganlik uçun jinoiy javobgarlik keskin kuçaytirilgan, mazkur jinoyatlar unça oğir bölmagan jinoyatlar toifasidan öta oğir turdagi jinoyatlar toifasiga ötkazilgan, ularning sanksiyalarida 15 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazolari tayinlanişi közda tutilgan.