Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Booking.com: Dunyodagi eng mehmondo‘st 5ta davlat nomi ma'lum bo‘ldi

Tayland/Foto: Booking.com
Mehmonxona va hostellarni band qilish, aviachiptalar sotuvi bilan nom qozongan Booking.com kompaniyasi 21,500 kishi orasida so‘rov o‘tkazib, ularning munosabatlari asosida dunyodagi eng mehmondo‘st 5ta davlat nomini e'lon qildi.
Respondentlar o‘z mamlakati va sayohati davomida orttirilgan tajribadan kelib chiqib, Tayland eng mehmondo‘st davlat ekanini e'tirof etishgan.
«Shuningdek, Indoneziya, Meksika, Tayvan va Hindiston dunyoning eng mehmondo‘st davlatlari ro‘yxatiga qo‘shilgan», — deyiladi aniqlangan reytingda.
Kompaniya platformasida taklif etiladigan 5,7 million joyni tahlil qilgan mutaxassislar mamlakatlarning mehmondo‘stligi sirlarini ochmoqchi bo‘lishgan.
Tayland

Respondentlar aynan shu davlatni ko‘proq tilga olgan va ijobiy xotiralari bilan o‘rtoqlashgan. Milliy madaniyat va diniy arxitekturaga boy mamlakatda tog‘li qabila vakillari hayoti bilan tanishish mumkin, qadimiy tilda so‘zlashib, eski udumlarni davom ettirayotgan kichik xalqlar yashaydi.
Indoneziya

Vulqonli tog‘lar peyzaji bilan chiroy ochib turgan orollar mamlakatida haqiqiy ekzotikani his etish mumkin. Nusa-Penidaga tashrif buyurgan sayyohlar yovvoyi sohilbo‘yi tabiatiga oshiq bo‘ladi, mahalliy aholi esa ularga dunyodagi eng a'lo sifatdagi xizmatni ko‘rsatadi. Changalzor oralab, Bukit-Lavang qishlog‘iga yetib borsangiz, tropik taomlardan tatib, mahalliy qavmning eng aziz mehmoni bo‘lishingiz mumkin.
Meksika

Zamonaviy mehmonxonalardan tortib eng tropik qo‘noqqacha topish mumkin bo‘lgan Meksikaning aholisi ham mehmondo‘stligi bilan ajralib turadi. Ularning oshxonasi va mashhur muzeylari alohida diqqatga sazovor bo‘ladi. Ispan, hindu va karib madaniyati uyg‘unligida shakllangan millat vakillari sayyohlarni sharqona sevadi.

Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Wizz Air aviakompaniyasi O‘zbekistondan Abu-Dabiga parvozlarni to‘xtatadi
O‘zbekiston | 18:39
-
Doniyor Qodirov prezident maslahatchisi lavozimidan ketdi
O‘zbekiston | 18:34
-
Qozog‘istonda dunyodagi eng qimmat metall qazib olinadi
Jahon | 18:21
-
Rossiyada migrantlar uchun qo‘shimcha davlat bojlari joriy etilishi mumkin
Jahon | 18:16
Mavzuga oid

21:21 / 23.09.2022
Tailand turistlar uchun barcha koronavirus cheklovlarini bekor qiladi

19:57 / 20.08.2022
Tayland o‘zbekistonliklar uchun mamlakatda vizasiz yurish muddatini uzaytirdi

20:16 / 16.02.2022
Tayland poytaxtining nomi o‘zgarishi mumkin

20:29 / 30.01.2020