Jahon | 21:21 / 23.09.2022
7301
1 daqiqa o‘qiladi

Tailand turistlar uchun barcha koronavirus cheklovlarini bekor qiladi

1 oktyabrdan boshlab sayyohlarning Tailandga kirishda emlanganlik to‘g‘risida sertifikat yoki manfiy test taqdim etishlariga hojat qolmaydi.  

Foto: Varuth Hirunyatheb

Tailand hukumati turistlar uchun mamlakatga kirishga joriy etilgan barcha koronavirus cheklovlarini olib tashlashga qaror qildi. Bu haqda Bangkok Post gazetasi mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Anutin Charnvirakulga tayanib xabar berdi.  

Charnvirakulning so‘zlariga ko‘ra, 1 oktyabrdan boshlab sayyohlarning Tailandga kirishda emlanganlik to‘g‘risida sertifikat yoki manfiy test taqdim etishlariga hojat qolmaydi.

Bundan tashqari, 1 oktyabrdan boshlab COVID-19ning yengil simptomlari bilan og‘riganlar o‘zini o‘zi izolyatsiya qilish rejimiga amal qilishlari shart bo‘lmaydi. Ammo ularga besh kun davomida niqob taqish, ijtimoiy masofaga rioya qilish tavsiya etiladi.

Ma’lumot berilishicha, Tailandga kirish uchun sayyohlar koronavirusga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatni taqdim etishi yoki parvozdan oldin va Tailandga uchib kelganidan so‘ng koronavirusga manfiy test topshirishi lozim edi. 

Mavzuga oid

E`lonlar