Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istondagi portlashlar bir necha kun davom etishi mumkin
Qozog‘iston janubidagi Aris shahrida joylashgan harbiy qismda o‘q-dori omborida ro‘y bergan portlashlar keyingi kunlarda ham davom etishi mumkin. Bu haqda Turkiston viloyati rahbari Umirzoq Shukeyev ma'lum qildi.
24 iyunda 44,3 ming kishi yashaydigan Aris yaqinidagi harbiy qismda o‘q-dorilar portlashi yuz berdi. Voqea sababi va tafsilotlari aniqlashtirilmoqda. Shahar aholisi evakuatsiya qilingan. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, voqea oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, 70 dan ko‘proq kishi jarohat olgan, ulardan 15 nafari shifoxonaga yotqizilgan. Portlashlar yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
“Ko‘lamlar juda katta va portlashlar bir necha kun davom etishi mumkin, xavfsizlik maqsadida aholini olib chiqishimiz lozim”, deb aytgan Shukeyev matbuot anjuman davomida.
Mavzuga oid
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025
Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vazirini tabrikladi
23:09 / 29.09.2025
“Raqobat kayfiyati integratsiyaga soya soladi” - ekspertlar qozoq mediasi haqida
15:20 / 29.09.2025