Jamiyat | 12:54 / 25.06.2019
20794
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Koreyaga ishga ketmoqchimisiz? Unda Samarqanddagi maxsus test markazida sinovdan o‘ting

Janubiy Koreyaga ishga ketmoqchi bo‘layotganlar uchun yaxshi yangilik. 24 iyun kuni Samarqandda ochilgan «Samarqand-Koreya» test markazida test topshirib, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi orqali Janubiy Koreyaga qonuniy ishga borishingiz mumkin.

EPS-TOPIS test sinovlaridan ijobiy natija bilan o‘tsangiz, markaz sizga sertifikat beradi va uning yordamida Tashqi mehnat migratsiya agentligiga borib, yakuniy test topshirishingiz mumkin. «Samarqand-Koreya» test markazida o‘zingizning koreys tili bo‘yicha bilimlaringizni sinab ko‘rishingiz mumkin. Bu esa Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan o‘tkaziladigan yakuniy imtihonlar oldidan o‘z imkoniyatingizni chamalab olish imkonini beradi.

Samarqand shahar Sartepo maskanida ochilgan «Samarqand-Koreya» test markazida har kuni 09:00 dan 19:00 gacha koreys tili bo‘yicha test topshirishingiz mumkin. Test sinovlari har kuni 5 ta seansda o‘tkaziladi. Dam olish kunlari ko‘pchilikning bo‘sh vaqti bo‘lishini inobatga olgan markaz shanba va yakshanba kunlari ham kechgacha faoliyat yuritadi.

Test sinovlari kompyuter xonasida o‘tkaziladi va savollarga javob berib bo‘lishingiz bilan natijalaringiz ko‘rinadi. 72,5 ball olgan, ya'ni qoniqarli ko‘rsatkich qayd etganlarga markaz tomonidan sertifikat beriladi va bu Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi o‘tkazadigan yakuniy sinovlar uchun yo‘llanma vazifasini o‘taydi.

Samarqanddagi «Samarqand-Koreya» test markazida barcha sharoitlar yaratilgan. U shaharning qulay yerida joylashgan. Markazga avtobus, tramvay va yo‘nalishsiz taksilarda shaharning har qanday qismidan tezda yetib olish mumkin.

Samarqanddagi markazda yurtimizning istalgan hududidan kelib koreys tili bo‘yicha test topshirishingiz mumkin. Bir marta test topshirish va natijalarni bilish uchun to‘lov eng kam ish haqining bir baravariga (202 730 so‘m) teng. Test markazida sinovdan o‘tish uchun markazning saytiga kirib ro‘yxatdan o‘tishingiz va bronlash bo‘limiga o‘tib navbat olishingiz kerak.

«Samarqand-Koreya» test markazining manzili: Samarqand shahar Sartepo maskani. Amir Temur ko‘chasi 166.

Mo‘ljal: Sobiq ehtiyot qismlar bozori.

Telefon: +998 (95) 507 7577, +998 (99) 598 6106

E-mail: info@samktm.uz