Maktablarda noqonuniy pul yiğimlarining amalga oşirilmasligi, maktab uçun davlat budjetidan ajratilgan mablağning samarali sarflanişi, maktab rahbriyatining ish unumdorligi kuzatuv kengaşlari tomonidan nazorat qilinadi. Özgarişlar umumta'lim maskanlarida sifat körsatkiçlarining kötarilişiga xizmat qilişi kutilmoqda. Bu xususida Maʼrifat naşri maqolasida bayon qilinadi.

2018 yil 5 sentabrdagi «Xalq ta'limini boşqariş tizimini takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida» gi Prezident farmoniga muvofiq, umumta'lim muassasalarida korporativ boşqaruv va jamoatçilik nazoratini kuçaytiriş maqsadida ota-onalar, sobiq bitiruvçilar, homiylar va boşqa jamoatçilik vakillaridan iborat kuzatuv kengaşlari taşkil etilgan edi. Bu kuzatuv kengaşlarining vakolatlari va vazifalari nimadan iborat? Maqola şu savollarga batafsil javob beradi.

— Kengaşning maqsadi ta'lim jarayoni va maktab moliyaviy-xöjalik faoliyatining şaffofligini ta'minlaş, öquvçilarning sifatli ta'lim olişi, ularga tegişli şart-şaroit yaratiş hamda ta'lim-tarbiya jarayonini qöllab-quvvatlaşdan iborat Vazirlik tasarrufidagi barça umumiy örta ta'lim muassasalari uçun tatbiq etiladigan kengaşlar yuridik şaxs hisoblanmaydi va davlat röyxatidan ötkazilmaydi, ─ deyiladi maqolada fikrlari keltirilgan Xalq ta'limi vazirligining umumiy örta ta'lim muassasalari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasi boşliği Erkin Murodov.

Kengaş qay tartibda taşkil etiladi?

Maqolada keltirilişiça, kengaşni taşkil etiş bir neça bosqiçda amalga oşiriladi. Dastlab har bir sinfda ota-onalar yiğilişi ötkaziladi. Unda ta'lim muassasalarida kuzatuv kengaşi tuziş qonun-qoidalari tuşuntirilib, maktabning umumiy yiğilişida iştirok etiş uçun kamida bir nafar vakil saylab olinadi. Mazkur vakillarga yiğiliş qarori bilan maktabning umumiy yiğilişida sinf ota-onalarining manfaatlarini ifoda etiş, muhokamalarda faol qatnaşiş va qaror qabul qiliş davomida ovoz beriş vakolatlari topşiriladi. Agar ota-onalar orasida vakillikka munosib nomzod topilmasa, a'zolikka tavsiya etilmasligi ham mumkin.

Şundan söng maktabning umumiy ota-onalar yiğilişi ötkaziladi va unda kengaş haqidagi nizom, uning maqsadi, vakolatlari taniştirilib, kengaş tarkibiga tavsiya etilgan nomzodlar körib çiqiladi hamda oçiq ovoz beriş yöli bilan saylanadi. Kengaş 7 nafardan kam bölmagan, ammo çeklanmagan toq sondan iborat tarkibda tuziladi. Uning tarkibiga öquvçilarning ota-onalari orasidan kamida 2 nafar, sobiq bitiruvçilar orasidan 2 nafar va nafaqadagi sobiq pedagoglar orasidan 1 nafar hamda homiylar orasidan 2 nafar a'zo kiritiladi.

Maktab direktori yoki örinbosarlari, şuningdek, ularning yaqin qarindoşlari kengaş a'zosi sifatida saylanişiga yöl qöyilmaydi. Uç yil muddatga saylanadigan tarkib har öquv yili boşida qayta körib çiqilişi mumkin. Mazkur kengaşning birinçi yiğilişi tuman/şahar xalq ta'limi bölimlari tomonidan taşkil etiladi. Unda a'zolar orasidan oçiq ovoz beriş orqali kengaş raisi va kotibi saylab olinadi.