Har bir tuman va shaharda kamida bittadan inklyuziv maktab tashkil etiladi
O‘zbekistonda 2025 yildan har bir tuman va shaharda inklyuziv ta’lim talablariga javob beradigan maktablar tashkil etiladi.

O‘zbekistonda 2025−2026 o‘quv yilidan respublikaning har bir tuman va shahrida bosqichma-bosqich inklyuziv ta’lim talablariga javob beradigan kamida bittadan umumta’lim maktabi faoliyati tashkil etiladi.
Prezidentning 2025 yilga mo‘ljallangan davlat dasturini amalga oshirish to‘g‘risidagi farmoniga ko‘ra, yangi baholash tizimi joriy etiladigan umumta’lim maktablar soni 3 mingtaga yetkaziladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumta’lim maktablarida qo‘l mehnati bilan yaratilgan asarlar, o‘quvchilar tomonidan chizilgan rasmlar va ijodiy ishlarni o‘z ichiga olgan «Ekologik burchaklar», maktabgacha ta’lim tashkilotlarida «Ekologik yo‘lakchalar», maktablarda I va III chorak so‘ngida «Tabiatni asrashda mening hissam» mavzusida turkum tadbirlar tashkil etiladi. O‘quv yili yakunida esa respublika miqyosida «Eng namunali eko maktab» tanlovi o‘tkaziladi.
«Raqamli kutubxona» tizimining kitoblarga buyurtma berish moduli joriy etiladi. Umumta’lim maktablari tabiiy fanlar laboratoriya jihozlari, sport jihozlari va milliy musiqa cholg‘u asboblari bilan ta’minlanadi.
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” bilan Hurgadaga: dengiz, quyosh va sharqona ertak
O‘zbekiston | 09:00
-
O‘zbekiston AQSh fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz rejim joriy qiladi
O‘zbekiston | 12:13
-
Davlat ijrochilari ijro yig‘imi hisobidan moddiy rag‘batlantiriladi
O‘zbekiston | 11:57
-
Tramp 3 yilda raketaga qarshi yangi mudofaa tizimi yaratilishini e’lon qildi
Jahon | 11:55
Mavzuga oid

14:10 / 20.02.2025
O‘quvchilarni tartibga chaqirgan “zo‘ravon rais” - Qoziroboddagi maktabda o‘zi nima bo‘ldi?

18:06 / 19.02.2025
Noma’lum shaxs Toshkentdagi 71-maktabda «qirg‘in» uyushtirish bilan tahdid qildi

14:01 / 13.02.2025
Hududlardagi 39 ta sport maktabi parasport turlariga ixtisoslashadi

10:28 / 01.02.2025