Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalqaro narkotiklarga qarshi kurash kuni: giyohvandlik fakt va raqamlarda
26 noyabr ─ Xalqaro narkotiklarga qarshi kurash kuni munosabati bilan BMTning Narkotik va jinoyatga qarshi kurash bo‘yicha Markaziy Osiyodaga vakolatxonasida matbuot anjumani tashkil etildi. Anjumanda dunyo bo‘yicha narkotik moddalar va giyohvandlikka oid statistik ma'lumotlar taqdim etildi.
BMTning Narkotik va jinoyatga qarshi kurash bo‘yicha Markaziy Osiyodagi vakili vazifasini bajaruvchi Botir Keldiyevning ma'lumot berishicha, 2017 yilda 15-64 yosh oralig‘idagi 271 million kishi, ya'ni dunyo aholisining 5,5 foizi narkotik modda iste'mol qilgan. Shulardan 35,3 millioni narkotik iste'molining og‘ir oqibatlaridan aziyat chekmoqda (2016 yilda bu ko‘rsatkich 30,5 million bo‘lgan).
Ta'kidlanishicha, 2017 yil holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda narkotik moddalarning qabul qilinishi: opioidlar ─ 51,8 foiz, kannabis ─ 32,3 foiz, sintetik dori vositalari ─ ko‘rsatilmagan, polinarkomaniya ─ 11,0 foiz, boshqa turdagi moddalar ─ 15, 8 foiz.
Butun dunyo bo‘yicha giyohvandlikning umumiy ko‘rsatikichidan 11 millioni inʼeksiya (ukol) orqali amalga oshiriladi. In'yeksiya orqali narkotik qabul qilish natijasidagi OIV infeksiyasi va S gepatiti bilan og‘riganlar umumiy giyohvandlarning 20,9 foizini tashkil etadi (2011 yil ma'lumoti).
2018 yilda dunyo bo‘yicha umumiy hisobda 345,800 gektar yerga opiatlar ekilib, 7,790 tonna mahsulot olingan. Yetishtirilgan opiatlarning 82 foizi (6,400 tonna) Afg‘oniston hissasiga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, 2017 yilda butun dunyo bo‘yicha 492 turdagi narkotik moddalari qayd etilgan.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Giyohvand moddalarni nazorat qilish bo‘yicha axborot-tahlil milliy markazi mutaxassisi Azizbek Erkaboyev bayonotiga ko‘ra, Afg‘onistondan narkotik moddalar asosan ikki yo‘nalishda: shimoliy va Bolqon yo‘li orqali o‘tadi. Shimoliy yo‘nalish O‘zbekiston orqali (Surxondaryo viloyati, Toshkent shahri, vodiyning bir qismi) orqali ham o‘tadi.
2018 yilda O‘zbekistonda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan narkotik bilan bog‘liq 4779ta jinoyat aniqlangan.Ularning 1626tasi narkotik moddalarni olib o‘tish, 171tasi kontrabanda, 1238tasi giyohvand moddalarni yetishtirish, 66tasi bevosita xilvatxonalardagi savdo bilan bog‘liq. O‘zbekistonda 2018 yilda narkomaniya natijasida dispanserlarda davolanganlar soni 6142 nafarni tashkil etgan.
«Markaziy Osiyo hududi giyohvand moddalar aylanmasi uchun tranzit nuqtalar kesishmasi hisoblanadi. Shuning uchun bu yerda xavf ehtimoli yuqori. Giyohvand moddalardan zararlangan, OIV va S gepatitini orttirgan odamlar uchun tibbiy yordamni qulay va kamxarj qilishga e'tibor qaratishimiz kerak. BMTning barqaror rivojlanish maqsadlarida ham salomatlik va farovon hayotga erishish ko‘rsatilgan, buning uchun esa birinchi navbatda giyohvand moddalardan xolilik talab etiladi. BMTning 2030 yilgacha rivojlanish kun tartibida «Hech kim ortda qolmasligi kerak» shiori amal qiladi. Shu nuqtai nazardan giyohvand moddalar qurboni bo‘lgan shaxslarning ham har biriga yoram ko‘rsatilishi lozim» , ─ deydi BMTning Narkotik va jinoyatga qarshi kurash bo‘yicha Markaziy Osiyodagi vakili Ashita Mittal.
Bu yilgi narkotikka qarshi kurash dasturi «Salomatlik uchun adolat, adolat uchun salomatlik» shiori ostida o‘tmoqda.
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00 / 20.07.2025
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30 / 20.07.2025
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Aliyev: «Qorabog‘ni tiklashda ilk sovg‘ani O‘zbekiston bergan»
Jahon | 00:57
-
Dang‘arada Tojikiston bilan birgalikda 10 million dollarlik sim zavodi qurilmoqda
Iqtisodiyot | 21:25 / 20.07.2025
-
Ukraina Rossiyaga muzokaralarning yangi raundini o‘tkazishni taklif qildi
Jahon | 20:47 / 20.07.2025
-
Ilhom Aliyev Ukrainani hech qanaqasiga «okkupatsiyaga rozi bo‘lmaslik»ka chaqirdi
Jahon | 20:19 / 20.07.2025
Mavzuga oid

15:33 / 18.07.2025
Aholiga tegishli avtomashinalar soni ma’lum qilindi

08:25 / 17.07.2025
O‘zbekiston aholisining yarmidan ko‘pi shaharlarda istiqomat qiladi

11:15 / 16.07.2025
BMT Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi

13:39 / 15.07.2025