Qozog‘istonda bir qiz surati sababli qozoqlar va liviyaliklar o‘rtasida janjal chiqdi
Qozog‘istonning Tengiz posyolkasida qozoqlar va liviyaliklar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi. Bu haqda Baza Telegram-kanalida ma'lum qilingan.
Ta'kidlanishicha, mojaroga 3 GI zavodining liviyalik katta ma'muri Ali Dovud olgan fotosurat sabab bo‘lgan. Suratda Daudning ortida turgan qozoq millatiga mansub qiz uning ratsiyasi antennasiga go‘yoki tilini tekkazayotgan holda tasvirlangan.
Fotosurat internetda tarqalgach, u mahalliy ishchilar tomonidan haqoratomuz deb topilgan va xorijliklar yashovchi posyolkaga zavodning qozog‘istonlik ishchilari kelib, ularni do‘pposlashga tushgan.
“Ak Jayyk” nashri ma'lumotlariga ko‘ra, zavod qurilishi obektlaridan barcha xorijliklarni shoshilinch evakuatsiya qilishga to‘g‘ri kelgan. Ularni olib chiqayotgan ba'zi avtobuslarga tosh uloqtirilgan.
Ta'kidlanishicha, politsiya departamenti ushbu voqeani bezorilik sifatida tergov qilishga qaror qilgan. Voqea joyiga Atirau viloyati akimi, prokurori, Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasi boshlig‘i, energetika vazirining birinchi o‘rinbosari yo‘l olgan.
Mavzuga oid
16:29 / 19.11.2024
Qozog‘istonda magistral yo‘lda o‘rtacha tezlikni oshirganlar jarimaga tortiladi
20:59 / 18.11.2024
Qozog‘istonda Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi ko‘prik yuk avtomobillari uchun yopildi
15:13 / 18.11.2024
O‘zbekiston va Qozog‘iston ta’limda qo‘shma dasturlarni amalga oshirishni muhokama qilyapti
15:25 / 14.11.2024