Sport | 23:38 / 01.07.2019
7345
1 daqiqa o‘qiladi

Rabo «Yuventus»ga o‘tdi

«PSJ» yarimhimoyachisi Adriyen Rabo «Yuventus» klubiga o‘tdi.

Fransiyalik futbolchi turinliklar bilan shartnoma imzoladi, hozircha uning muddati e'lon qilinmadi.

Rabo yiliga 7 million yevro maosh oladigan bo‘ldi. Uning onasi va agenti Veronika Rabo esa bu transferdan 10 million yevro ishlab oldi.

Rabo «PSJ» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 30 iyun kuni uning parijliklar bilan imzolagan shartnomasi muddati nihoyasiga yetdi. Natijada, «Yuventus» uni erkin agent maqomida bepul qo‘lga kiritdi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов

Mavzuga oid