Sport | 12:58 / 20.03.2019
12676
2 daqiqa o‘qiladi

Zidan yozda erkin agentga aylanadigan futbolchilar orasidan Modrichga o‘rinbosar topdi

Foto: Getty Images

«Real» «PSJ» yarimhimoyachisi Adriyen Rabo uchun kurashga qo‘shilmoqchi, deb bermoqda Ispaniyaning «Sport» nashri.

Manbada aytilishicha, 23 yoshli xavbek transferiga bosh murabbiy Zinedin Zidanning shaxsan o‘zi qiziqish bildirmoqda. U o‘z hamyurtini yarimhimoyachini Luka Modrichga o‘rinbosar bo‘lishi mumkin, deb hisoblayapti.

Rabo iyulda erkin agentga aylanadi. U Parij klubi bilan shartnomani uzaytirishni istamagani uchun o‘rinbosarlar tarkibiga tushirib yuborilgan. Fransuz asosiy jamoa safida oxirgi marta 11 dekabrda maydonga tushgandi.

Kuni kecha «PSJ» 27 martga qadar yarimhimoyachi uchun klub bazasi eshiklarini yopdi va jarimaga tortdi. Bunga uning YeChLda «Manchester Yunayted»ga (1:3) qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatdan keyin tungi klubda ko‘ngilxushlik qilgani, shuningdek Instagramda Patris Evraning postiga layk bosgani sabab bo‘ldi.

Avvalroq Adriyenning onasi Veronik Rabo intervyu berib, o‘g‘lini mahbusga qiyoslagan, «Uni garovda ushlab turishibdi», – deya ta'kidlagandi.

Hozirga qadar «Barselona», «Tottenhem», «Liverpul» va «Manchester Siti» kabi klublar Raboga da'vogar sifatida ko‘rsatib kelinayotgandi.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid